|
-rasm. Navoiy EIIZga kiritilgan va kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalar dinamikasi (mln. AQSh dollari)41
|
bet | 87/108 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #113285 |
Bog'liq 1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasnifla7.2-rasm. Navoiy EIIZga kiritilgan va kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalar dinamikasi (mln. AQSh dollari)41
Umuman, “Navoiy” EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda quyidagi omillar mavjud:
turli xom ashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo’lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog’liq yirik bozorlarning mavjudligi;
transport infratuzilmasining rivojlanganligi;
katta inson salohiyatining mavjudligi;
hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati.
Asosiy tushunchalar
Erkin iqtisodiy zonalar — shunday geografik hududki, ularda mamlakatda qabul qilingan normal xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash tartibi joriy etiladi.
Erkin savdo zonasi — bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan, yoki unga yaqin chegaralangan hudud, u milliy bojxona hududidan tashqarida bo’lib, bu erda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
Eksport-ishlab chiqarish zonalari — milliy bojxona hududi doirasidagi anklavlar sifatida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, xalqaro portlarga yaqin joylashtirilgan bo’lib, asbob-uskunalar, yig’ish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallar iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan holda olib kiriladi. Import qilinayotgan mahsulotlar eksport-ishlab chiqarish zonasida qayta ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi.
Ilmiy-texnologik zonalar — ushbu hududda ilmiy va texnologik ishlab chiqarish faoliyati yirik ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar atrofida joylashgan, fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan, ilm ko’p talab qiladigan firmalar shaklida birlashadi va ular texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar, ishbilarmonlik markazlari, deb nomlanadi.
|
| |