|
O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur’atlarda o’sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda
|
bet | 89/108 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #113285 |
Bog'liq 1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasniflaO’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur’atlarda o’sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:
1) Mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi. Yirik investitsion loyihalar uzoq muddatga mo’ljallab amalga oshirilishi bilan xarakterlanadi. Yuqoridagi sabablarga ko’ra investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga biznes olib borish uchun qulay investitsiya muhiti, ishonch kerak;
8.1-jadval
O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalar o’sish sur’atlarining o’zgarishi
Yillar
|
YaIM (mlrd. so’mda)
|
Avvalgi yilga nisbatan % da
|
Investitsiyalar (mlrd. so’m.da)
|
Avvalgi yilga nisbatan, % hisobida
|
2007
|
28186,2
|
109,5
|
5479,7
|
122,9
|
2008
|
36839,4
|
109,0
|
8483,7
|
128,3
|
2009
|
48097,0
|
108,1
|
12531,9
|
124,8
|
2010
|
61831,2
|
108,5
|
15409,1
|
109,2
|
2011
|
77750,6
|
108,3
|
18291,3
|
111,2
|
2012
|
96589,8
|
108,2
|
22067,0
|
114,0
|
2013
|
118986,9
|
108,0
|
27557,3
|
111,3
|
2014
|
144867,9
|
108,1
|
33715,3
|
110,9
|
2015
|
171369,0
|
108,0
|
40737,3
|
109,5
|
2016
|
199325,1
|
107,8
|
49476,8
|
109,6
|
2017
|
249136,4
|
105,3
|
60719,2
|
107,1
|
2) valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o’zgarishlar. Milliy valyuta kursining liberallashishi mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarga xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar va import qilinadigan tovarlarga nisbatan raqobat kurashida ma’lum afzallikni beradi;
3) davlat moliyasi va davlat qarziga xizmat ko’rsatish holatining mo’’tadillashuvi, mamlakatimizga 18 oylik import mikdoriga teng oltin-valyuta zaxiralarining jamlanishiga, byudjet taqchilligini bartaraf etishga va 2005 yildan boshlab byudjet profitsitiga chiqishga imkon berdi.
Mamlakatimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarda davlat kafolatining kamayib borishini xorijiy investorlarda respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo’lgan ishonch ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida, davlat tomonidan iqtisodiy manfaatli bo’lmagan loyihalarni moliyalash to’xtatila boshlandi. Hukumat tomonidan faqat iqtisodiy manfaat chegaralangan yoki umuman bo’lmagan ijtimoiy muhim loyihalar kafolatlanadi. Bular, birinchi navbatda, suv ta’minoti, ta’lim va sog’liqni saqlash, transport va aloqa infratuzilmasi sohalaridagi loyihalardan iborat.
Xorijiy investitsiyalarning o’sishida xalqaro moliya institutlari qarzlari doirasida import aloqalarni qayd etish tartibining soddalashtirilishi, sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta ta’mirlash, soliq yukining pasaytirilishi, mahsulot taqsimlash to’g’risidagi bitimning qo’llanishi, shuningdek, xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalarini tuzish yo’li orqali alohida imtiyozlar hamda preferentsiyalar takdim qilish asosiy omillar bo’ldi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida donor mamlakatlar bilan istiqboldagi ustuvor yo’nalishlarni aniqlash borasida birgalikdagi ishlar jadallashdi. Bunda, birinchi navbatda, asosiy e’tibor mintaqalararo hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, kommunal tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish, ekin er maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, kadrlar tayyorlashning milliy ta’lim dasturini amalga oshirishga ko’maklashish, tibbiyot muassasalarini yuqori texnologiyadagi uskunalar bilan jihozlash, moliyaviy tashkilotlarning samaradorligini oshirish kabilarga qaratildi. Xususan, dunyoning qator davlatlari, birinchi navbatda, bugungi kunda bizda asosiy hamkor sifatida qaraluvchi, iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotgan, qo’shma investitsion loyihalar amalga oshirish rejalashtirilayotgan yoki ko’zda tutilayotgan Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari barqaror sur’atlarda rivojlanmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur’atlarda o’sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda
|