1-mavzu: yengil sanoati 2-mavzu: O’rmon sanoati




Download 9,08 Mb.
bet1/16
Sana26.05.2024
Hajmi9,08 Mb.
#254471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 20-MAVZU

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI TARIX FAKULTETI GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI YO’NALISHI 3-KURS 302-GURUH TALABASI JOVNIYEV QO’LDOSHNING JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI.

1-MAVZU:YENGIL SANOATI

2-MAVZU: O’RMON SANOATI.


O'rmon sanoati yog'och tayyorlash va yog'ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo'linadi. Yog'ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma'lum. Hunarmandlar yog'ochga ishlov berib undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan. 
Yog'ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Ayniqsa yog'ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog'ochsozlikda tub (inqilobiy) o'zgarish yasaldi.
Mamlakatning yog'och-taxta xomashyosiga bo'lgan yillik ehtiyoji 10 mln m kubdan ortmoqda.
O'rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo'yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog'oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog'och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir. 
Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Ammo yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. 

Download 9,08 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 9,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: yengil sanoati 2-mavzu: O’rmon sanoati

Download 9,08 Mb.