|
1-mavzu: yengil sanoati 2-mavzu: O’rmon sanoati
|
bet | 9/16 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 9,08 Mb. | | #254471 |
Bog'liq JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 20-MAVZUIndoneziya (indonezcha: Indonesia), Indoneziya Respublikasi (indonezcha: Republik Indonesia) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) orolining gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 1904,6 ming km2. Aholisi 265 mln kishi (2018). Poytaxti — Jakarta shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province)ga boʻlinadi.
Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yilda 18-avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2001-yil iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdikladi, unga kora oʻzgarishlar kiritildi, prezident va vitse-prezidentni saylashdi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksiyasi) prezident tomonidan tayinlanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat bilan birga amal oshiradi.
Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botkrkliklar, mangra chakalak-zorlari bor. I. yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganets, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.
I.ning katta qismida ekvatorial, Yava o.ning sharqi va Kichik Zond o. larida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha temperatura 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydi. Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000–4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin. Daryolari janubi-gʻarbidan boshqa qismida yil davomida sersuv. Eng yiriklari: Kapuas, Barito, Hari, Kampar, Musi, Mamberamo, Digul. Tuproqlari mamlakat hududining 4/5 qismi (asosan, Katta Zond orollari va Gʻarbiy Irian)da sernam oʻrmonlarga xos qizil-sariq laterit va togʻ laterit tuproqlar; tekisliklarda tropik botqoqli va lateritli gley tuproqlar. Sohilidagi mangra chakalakzorlarining tuprogʻi botkrkli. Janubi-sharqidagi tropik oʻrmonlarda qizil laterit, quruq savannalarda qizilqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan.
I.da 300 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga koʻra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub. Bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, maduralar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va b. Bulardan tashqari, I.da melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va b. yashaydi. Davlat tili — indonez tili. Asosiy din — islom dini. Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hin-duilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtikrd kiladi. I. aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Jakarta, Surabayya, Bandung, Semarang, Medan.
Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos ham qazib olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral oʻgʻit va shina zavodlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr stansiya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Marganets rudalari Kalimantan va Sumatraning gʻarbiy va markazidagi Permokarbon diabazlari va metamorfik jinslari bilan, temir rudalarining skarn konlari esa granodiyorit inruziyalari bilan bogʻliq. Riau, Banka va Belitung orollarining qalay konlari trias davridan keyingi granit batolitlari bilan bogʻliq. Kalimantanning janubi-gʻarbiy va gʻarbiy qismida oltin, mis, temir, molibden, surma, rux va qoʻrgʻoshin rudalarining konlari va koʻrinishlari ham geologik davrlar bilan uzviy bogʻliq hisoblanadi. Temir, qoʻrgʻoshin va rux, oltin va kumush rudalari konlari Sumatra orolining boʻr jins qatlamlariga bogʻliq. Janubiy Sumatra, Janubiy Yava va Sulavesi gʻarbiy sohil gʻarbiy qirgʻoq tizmalarining miotsen vulqon-plutonik faolligi zonasida mis, qoʻrgʻoshin va ruxning kichik rudalari bilan birga keladigan oltin-kumush vulqon kanllari mavjud. Flores orolida va Sulavesi janubi-gʻarbiy qismida temir rudalarining skarn koʻrinishlari mavjud. Miosen davri ohaktoshlarida marganes rudalari konlari keng tarqalgan. Neft konlari Sumatra, Yava, Kalimantan, Sulavesi, Seram, Yangi Gvineya va Yava dengizining neogen davri yotqiziq hududlarida keng tarqalgan.
|
| |