-MAVZU: XALQARO IQTISODIY ALOQALARNING TURLARI




Download 9,08 Mb.
bet5/16
Sana26.05.2024
Hajmi9,08 Mb.
#254471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 20-MAVZU

6-MAVZU: XALQARO IQTISODIY ALOQALARNING TURLARI


 Har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xalqaro iqtisodiy aloqalar muhim rol o'ynaydi. Hatto eng rivojlangan yirik davlatlar ham xalqaro aloqalarsiz ishlab chiqarishda kerakli samaralarga erisha olmaydi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar nafaqat davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, balki xalqaro tinchlikning mustahkamlanishiga ham har taraflama yordam beradi.
 Shu sababli G'arbning rivojlangan mamlakatlari xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida yetakchi mavqelarga ega. Aksincha, ko'plab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy qoloqligi sababli bu borada pastki pogonalarda turadi.
BMT 70-yillardayoq yangi xalqaro iqtisodiy tartiblar dasturini qabul oqilgan edi. Dastur asosida xalqaro iqtisodiy aloqalarni adolatli va teng huquqlilik asosida tashkil qilish, o'zaro hurmat va manfaatlar daxlsizligiga qat`iy amal qilish tamoyillari ishlab chiqilgan.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarning tayanch yo`nalishlaridan biri xalqaro savdodir. Qadimdan ijtimoiy hayotda muhim rol o'ynab kelayotgan xalqaro savdo FTI davrida yangi yuksalish bosqichiga kirdi. Xalqaro savdoning muhim xususiyatlaridan biri unda tovarlar tarkibi, salmog'i va yo'nalishlarining doimo o'zgarib borishidir. 
Quyidagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, jahon bozorida, hatto ozig-ovqat mahsulotlarini hisoblamaganda ham, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tayyor zaruriy mahsulotlar hissasi tez o‘sib borgan. Xalqaro savdoning muhim talablaridan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga e’tibormng kattaligidir. Jahon andozalariga mos holda ishlab chiqarilgan tovarlargina ayovsiz raqobatlarga bardosh bera olishi mumkin. Boshqacha aytganda, jahonga mashhur «Soniy», «Xitachi», «Samsung», «Panasonik», «Adidas», «Mersedes-Benz», «Boing» kabi firma va kompaniyalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifati va turlari shu kun talabiga mosligi tufayli doimo о`sishga etishmoqdalar. 
Jahon savdosi ham geografik xilma-xillikka ega. Bunda ikki yo'nalish ajralib turadi. Jahon bozorida qatnashadigan mintaqalar, davlatlar, ya’ni G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqalar xalqaro savdoga, asosan, yuqori texnologiya asosida ishlab chiqarilgan turli ishlab chiqarish vositalari va aholi iste’mol buyumlari yetkazib bersa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari turli yoqilg'i, ma’dan kabi mineral boyliklari, xilma-xil qishloq xo'jalik mahsulotlaridan iborat xomashyo mahsulotlari chiqaradi. Ayniqsa, Fors qo'ltig'i mamlakatlari neft, Markaziy va Janubiy Afrika hamda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rangdor metall rudalari, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari tropik dehqonchilik mahsulotlari bilan jahon savdosida keng ishlirok etadilar.
Jahonning tashqi savdosida Xitoy, germaniya, AQSH kabi mamlakatlar yetakchilik qiladi. Jumladan, Xitoy 50 mingdan ortiq nomenklaturadagi tovarlarni eksport qiladi. U dunyoda avtomobillarni eksport qilish bo`yicha 1-o`rinni egallaydi (2012-y. 17 mln. mashina eksport qildi). AQSH avtomobillar (14 mln. dona), aerokosmik telekommunikatsion mahsulot, Germaniya kimyo mahsuloti, avtomobillar eksportida yetakchilik qiladi. Xuddi shunday fikrni boshqa rivojlangan davlatlar to`g`risida ham bildirish mumkin.
Xalqaro turizm Yevropa mamlakatlarida har jihatdan taraqqiy etgan. Jahon turizmining 57 foizi ana shu qit’a hissasiga to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich Osiyoda 16%, Shimoliy Amerikada 8% va boshqa mamlakatlarda 19% ni tashkil qiladi. Xalqaro turizm rivojlanayotgan mamlakatlarda o`sib bormoqda. Ular hissasiga jahon turistlarining 17% i to'g'ri keladi. Tabiiy va tarixiy-madaniy rekreatsiya resurslari uyg'unlashib ketgan Ispaniya, Fransiya, Italiya, Gretsiya, AQSH kabi davlatlar xalqaro turizmdan eng katta daromad ko'rmoqdalar. Undan Kipr, Bar­bados, Bagam, Bermud, Seyshel orollari kabi «kurort orollari» ham asosiy daromadga ega bo'lmoqdalar. Ispaniya, Fransiya, Italiya, AQSHga yiliga o`rtacha 30-50 mln. nafar turistlar kelib-ketmoqda.

Download 9,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 9,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU: XALQARO IQTISODIY ALOQALARNING TURLARI

Download 9,08 Mb.