-MAVZU: JAHON MAMLAKATLARIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF




Download 9,08 Mb.
bet7/16
Sana26.05.2024
Hajmi9,08 Mb.
#254471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 20-MAVZU

8-MAVZU: JAHON MAMLAKATLARIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF


 Rivojlangan mamlakatlar qatoriga, odatda Yevropadagi koplab davlatlar (Sharqiy Yevropadan tashqari), AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya,Yangi Zelandiya, Isroil va Janubiy Afrika Respublikasi kabi davlatlar kiritiladi. Rivojlangan mamlakatlar orasida ulkan iqtisodiy salohiyati va ishlab chiqarish hajmi bilan «Katta yettilik»guruhini tashkil etuvchi davlatlar alohida ajralib turadi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Italiya kiradi. Bu mamlakatlar xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimida muhim orin tutadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar Osiyo, Afrika, Amerika hamda Okeaniyaning aksariyat davlatlari rivojlanayotgan mamlakatlar blokiga kiritiladi. Jahon aholisining eng katta qismi (2018-yil malumotlariga kora, 6 mlrd kishi) yashaydigan bu davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq qiladi. Jumladan, ulkan tabiiy-resurs, demografik va iqtisodiy salohiyatga ega Xitoy, Hindiston, Braziliya va Meksika tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar guruhini tashkil qiladi.
Otish iqtisodiyotidagi davlatlar Sobiq Ittifoq respublikalari, 1990-yillargacha sotsialistik tuzum asosida rivojlangan, keyinchalik esa undan voz kechgan Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va b.) hamda Mongoliya BMT tomonidan alohida otish iqtisodiyotidagi davlatlar blokiga birlashtiriladi. Ozbekiston ham otish iqtisodiyotidagi davlatlardan biri hisoblanadi.
Industrial rivojlangan davlatlar. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ko‘pchilik geograf olimlari ushbu guruxni ichida an’anaviy tarzda quyidagi uchta kichik gurux davlatlarini ajratib ko‘rsatadilar: 1.1. “Katta yettilik”ka kiruvchi sanoat jihatidan rivojlangan davlatlar (AQSh-56430; Yaponiya – 38870; Germaniya – 48260; Fransiya – 40470; Buyukbritaniya – 40550; Italiya – 35850; Kanada – 43970). 1.2. “Ko‘chirilgan kapitalizm” davlatlari: Avstraliya – 44570; Yangi Zelandiya – 35680), bu guruxga shartli ravishda katta yettilikning AQSh va Kanada davlatlarini kiritish mumkin. 1.3. Yevropaning kichik industrial davlatlari (Niderlandiya – 48400; Shvesiya – 47390; Norvegiya – 64590; Lyuksemburg – 70750 va b.).
Yevropaning sovet blokiga kirmagan deyarli barcha davlatlari industrial jihatdan rivojlangan davlatlar hisoblanadi. Ammo, Gresiya (26790), Portugaliya (28590), Malta (27390) va Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lsada, Osiyoda joylashgan Kipr (30840) davlati haqida yagona fikr yo‘q. Sobiq sotsialistik lagerga mansub davlatlardan Sloveniya (30830) va Chexiya (30420) rivojlangan davlatlar mezoniga juda yaqin turadi. Yaqin kelajakda rivojlangan davlatlar ro‘yxatidan, shuningdek Rossiya (23790), Estoniya (27510), Latviya (24220), Litva (26660), Polsha (25400), Slovakiya (28200), Vengriya (24630) i Xorvatiyalar (21730) joy olishi mumkin. Bir gurux olimlar rivojlangan davlatlar qatoriga Koreya Respublikasini (34700, Janubiy Koreya), Tayvanni (Xitoy provinsiyasi), Xitoyning alohida ma’muriy rayoni - Gonkongni (57650), Singapurni (81190) – ya’ni, birinchi to‘rtta “osiyo yo‘lbarslari”ni, va shu bilan birga, Isroilni (34940, bu ko‘proq 1.2. guruxga mansub) ham kiritadilar.
Yuqori darajada rivojlangan davlatlar iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori texnologik darajasi, yuqori mehnat unumdorligi bilan alohida ajralib turadi. Ularning yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasi va qayta ishlash sanoatining ulushi yuqori hamda iqtisodiyotning to‘rtlamchi sektori (axborot texnologiyalari, biotexnologiyalar) yuqori texnologik tarmoqlarini rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallaydi. Rivojlangan davlatlarning qayta ishlash sanoati tarkibida mashinasozlik va kimyo sanoati yetakchi hisoblanadi. Mazkur davlatlarda yiliga aholi jon boshiga YaIM odatda 30 ming AQSh dollaridan ortadi. O‘rtacha umr ko‘rish yoshi 79-86 yoshni (2016) tashkil qiladi.

Download 9,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 9,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU: JAHON MAMLAKATLARIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF

Download 9,08 Mb.