|
1-mavzu: yengil sanoati 2-mavzu: O’rmon sanoati
|
bet | 16/16 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 9,08 Mb. | | #254471 |
Bog'liq JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 20-MAVZU18-MAVZU:HINDISTON AHOLISI
Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi (Bhārat Gaṇarājya[1])) – Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3 214 km, gʻarbdan sharqqa 2 933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, gʻarbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni – 3,3 million km2. Aholisi – 1 428 627 663 kishi (2023). Poytaxti – Nyu-Dehli. Maʼmuriy jihatdan 28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududga boʻlinadi.
Hindiston – federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2022-yil 25-iyuldan Droupadi Murmu). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata – Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa) dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.
Hindiston – agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin egallaydi.
|
| |