|
-MAVZU: TRANSMILLIY KARPARATSIYALAR GEOGRAFIYASI
|
bet | 6/16 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 9,08 Mb. | | #254471 |
Bog'liq JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 20-MAVZU
Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻʼba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab qoʻshilishi (qoʻshilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq, bank, sugʻurta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi.
1118-yilda Orden Tamplier tomonidan asos solingan va birinchilardan boʻlib 1135-yilda transmilliy moliya muassasasi sifatida bank sohasidagi ishlar bilan shugʻullana boshlagan. Birinchi transmilliy kompaniyaga 1600-ylda Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi asosida Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasiga asos solingan. Ikkinchi jahon urushi (1939— 45) dan keyin ularning roli yana oshdi. 21-asr boshida jahon ishlab chiqarishining katta qismi TMK qoʻlida toʻplangan. Amerikaning Gʻarbiy Yevropa va Kanadada, bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻz korxonalari tarmoqlariga ega boʻlgan TMKlari faoliyat koʻrsatadi. Mas., „Ford“ avtomobil konsernining 30 ta mamlakatda filiallari bor.
Yirik ingliz kompaniyalari („British petroleum“, „IKI“ va boshqalar), Germaniya („Xerst“, „Simens“ va boshqalar), Gollandiyaning „Filips“ konsernlari TMKlardir. TMK faoliyati ham milliy (ichki), ham tashqi bozorga yoʻnaltiriladi. Odatda, TMK kuchli ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega boʻladi. Masalan, „Ford motor“ning AQSH Detroyt shahrida 100 mingdan koʻproq muhandistexnik xodimlar, olimlar, texnologlar, dizaynerlar ishlaydigan ilmiy-texnika markazi bor. TMK oʻz tarkibini va faoliyat yoʻnalishlarini muntazam yangilab turadi. Ularning asosiy maqsadi bozorlarning bir segmentini emas, balki jahon bozorlarida mustahkam ustuvorlikni egallashdan iborat.
2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi. XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi. Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu ―ikki andozalik‖ yondoshuvidir.
Globallashuv tufayli tez rivojlanayotgan mamlakatlar boy davlatlarga aylanadi, qashshoq mamlakatlar ulardan yanada ko‗proq ortda qoladi. Dramatik tarzda o‗sib borayotgan daromadlardagi farq qashshoq mamlakatlarda norozilik keltirib chiqaradi, bu xalqaro mojarolarga olib kelishi mumkin. So‗nggi 15 yilda aholi jon boshiga daromad 100 dan ortiq mamlakatlarda pasaygan, 60 dan ziyod mamlakatda aholi jon boshiga talab qisqargan. (Rivojlangan mamlakatlarda yashayotgan deyarli 5 mlrd. kishi orasida 3/5 qismi eng past sanitar me‘yorlarga mos kelmaydigan sharoitda yashashadi, 1/3 qismi ichimlik suvidan mahrum, 1/5 qismi esa to‗yib ovqatlanmaydi). ―Imtiyozlarni adolatli taqsimlash‖ jahon iqtisodiyotini globallashtirishning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ammo bu muammo, afsuski, yagona emas.
Rivojlangan davlatlar eksporti jahon eksportining qariyb 60%ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan davlatlar o‗z eksport tovarlarining 70%ni rivojlangan davlatlaga sotadi. Uya mamlakat, ya‘ni AQSH, YAponiya va Germaniyada jahon aholisining 9% yashaydi, ular hissaiga esa dunyo daromadining yarmi, xaridorlik quvvatining 30% to‗g‗ri kelmoqda.Jahondagi ―katta ettilik‖ mamlakatlari (AQSH, Kanada, YAponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya) hissasiga yalpi eksportva importning qaryib yarmi og‗ri kelmoqda. Ikkinchidan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi intensivligi turlituman yo‗nalishar, mezonlar bo‗yicha xilma-xil tarzda namoyon bo‗lmoqda. Masalan, iqtisodiy tizimlarning tavsiflanishida qo‗llaniladigan ―milliy bozor modellari‖ni olib ko‗raylik. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda Germaniya belgilagan bozor modeli YAponiya, Janubiy Korea yoki Xitoydagi bozor modellaridan tamomila farqlanadi.
|
| |