• Asinxron dvigatelning ishlash printsipini
  • 1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu




    Download 6,28 Mb.
    bet18/60
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,28 Mb.
    #125272
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
    Bog'liq
    ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

    3-Modul: Elektr ijro mexanizmlar.
    3.3-mavzu: Sinxro va asinxron dvigatellar. Qadamli elektrodvigatellar.
    Reja:
    1. Sinxro va asinxron dvigatellar.
    2. Qadamli elektrodvigatellar.
    Sinxro va asinxron dvigatellar.
    Asinxron dvigatelning ishlash printsipi.
    Asinxron dvigatel- xozirgi zamon dvigatellarining eng ko‘p tarqalgan xilidir. Yuksak texnikaviy va iqtisodiy ko`rsatkichlari tufayli asinxron dvigatel sanoat va qishloq xo`jaligida keng ishlatilmoqda. Asinxron dvigatelni birinchi bo`lib 1889 yili rus elektrotexnigi D.O. Dolivo -Dobrovolskiy kashf qilgan.
    Asinxron dvigatel tuzilishining soddaligi va qulay ishlashi bilan boshqa dvigatellardan farq qiladi. Asinxron dvigatel ikki qismdan - stator va rotordan iborat bo‘ladi. Mashinaning qo‘zg’almas qismi stator deb, aylanadigan qismi esa rotor deb yuritiladi.
    Har qanday elektr mashinasi kabi asinxron dvigatel ham qaytuvchanlik xossasiga ega, ya’ni u ham generator, ham dvigatel bo`lib ishlay oladi.
    Biz asinxron mashinaning dvigatel rejimida ishlashini, ya’ni elektr energiyani mexanikaviy energiyaga aylantirish jarayonini ko`rib o`taylik.
    O‘zgaruvchan tok mashinasining ishlash printsipi aylanuvchi magnit maydonidan foydalanishga asoslangan. Cho`lg’amdan uch fazali o‘zgaruvchan tok o`tganda bir minutdagi aylanishlari soni n1 = 60 f/p bo`lgan aylanuvchi magnit maydoni hosil bo‘ladi.
    Agar rotorning aylanish tezligi n2 magnit maydonining aylanish tezligi n1 ga teng bo`lmasa n2Asinxron dvigatel faqat asinxron tezlikda, ya’ni rotorning aylanish tezligi magnit maydonining aylanish tezligiga teng bo‘lmagan holdagina ishlaydi.
    Rotor tezligi maydon tezligidan juda kam fark qilishi mumkin, lekin ish jarayonida u xar doim maydon tezligidan kichik bo‘ladi.
    Asinxron dvigatelning ishlash printsipini elektromagnit mexanizmi asosida tushuntirish mumkin.
    Ikki kutbli taqasimon magnit o‘zgarmas n0 tezlik bilan A-A1 uk atrofida aylanmokda, deb faraz qilaylik . Magnitning kutblari urtasiga B-B1 …ukda aylanadigan baraban-rotor joylashtirilgan. Magnit maydonning kuch chiziqlari rotorning a,b,c,…h sterjenlarini kesib o‘tib, unda ea,eb…eh… E.YU.K larni hosil kiladi.
    Bu sterjenlar buylab ia,ib…ih uyurma toklar yunaladi.

    1-rasm.
    Bu uyurma toklar bilan doimiy magnitning magnit maydonining o‘zaro ta’siri natijasida diskni aylantiruvchi kuch hosil bo‘ladi. Lents qonuniga asosan xar qanday induktsion tok uni hosil qilgan sababga qarshilik qiladigan tomonga qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Shu sababli diskda hosil bo`lgan uyurma toklar magnitning aylanishini to`xtatishga intiladi, lekin to`xtata olmaganidan disk magnitga ergashib aylana boshlaydi. Bunda diskni aylanish tezligi magnit maydonning aylanish tezligidan doimo kam bo‘ladi. Agar biror sabab bilan bu tezliklar tenglashib qolganda edi, diskni kesib utgan magnit maydon oqimlari o‘zgarmagan, natijada unda xech qanday uyurma toklar hosil bo‘lmagan va nixoyat, diskni aylanma xarakatga keltiruvchan kuchlar vujudga kelmagan bo`lar edi.
    Asinxron dvigatellarda aylanuvchi doimiy magnit o`rniga aylanuvchi magnit maydoni olinadi: bu maydon statorning uch fazali chulg‘amidan uch fazali o‘zgaruvchan tok utganda hosil bo‘ladi.
    Statorning aylanuvchan magnit maydoni rotor chulg‘ami simlarini kesib o‘tib, ularda E.YU.K induktsiyalaydi. Agar rotor chulg‘ami uchlari biror qarshilik orqali yoki o‘zaro qisqa tutashtirilsa, bu induktsion e.yu.k. rotor chulg‘amida tok hosil qiladi. Rotor chulg‘amidagi tok bilan stator chulg‘amining aylanuvchi magnit maydonining o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo`lgan aylantiruvchi moment rotorni aylanma harakatga keltiradi.
    Rotorning aylanish tezligi doimo stator magnit maydonining aylanish tezligidan kichik bo‘ladi.
    Asinxron dvigatelning tuzilishi.
    Asinxron dvigatel ikkita asosiy kismdan: stator ... va rotor.. . dan iborat. Elektr dvigatelining statori ayrim pulat listlardan yigiladi. Statorning ichki sirtidagi pazlarda stator chulg‘amlari joylashgan bo‘ladi.
    Elektr dvigatelining rotori ham pulat listlardan yigilib bu listlar valga maxkamlangandir.
    Rotorning pazlarida mis sterjinlar joylashgan bulib ularning uchlari bir-biri bilan mis xalkalar yordamida ulangan va «beliche koleso»( olmaxon gildiragi) deb atalgan chulg‘amni hosil kiladi.
    Rotorida bunday chulg‘am bo`lgan asinxron dvigatel qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatel deb yuritiladi.
    Uch fazali asinxron elektr dvigatelning stator chulg‘ami sodda holda bir-biriga nisbatan 120 gradus burchakka siljitilgan uchta g‘altak dan tuzilgan. Bu g‘altak lar yulduz yoki uchburchak shaklida ulanadi va uch fazali tok tarmogiga kushiladi. Uch fazali tok stator chulg‘amlaridan uta turib, dvigatelning magnit maydonida aylanuvchi magnit oqimini vjudga keltiradi.

    2-rasm. Asinxron elektrodvigatelning tuzilish sxemasi. 1 – val, 2,6 – podshipniklar, 3,8 – podshipnik shitlari, 4 –oyoqlar, 5 – ventilyator qoplamasi, 7 – ventilyator krilchatkasi, 9 – qisqa tutashtirilgan rotor, 10 – stator, 11 – chiqishlar korobkasi.


    Download 6,28 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




    Download 6,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu

    Download 6,28 Mb.