• Ijro etuvchi qurilmalarga qo`yiladigan asosiy talablar.
  • Ijro etuvchi qurilmalarni ishlashini ta’minlovchi bosimlar farqi, siljituvchi kuch va momentlar tushunchalari.
  • -Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar




    Download 6,28 Mb.
    bet26/60
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,28 Mb.
    #125272
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
    Bog'liq
    ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

    4-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar.
    4.3-mavzu: Ijro etuvchi qurilmalarga, ularni o`rnatishga va ishlatishga qo`yiladigan talablar. Ijro etuvchi qurilmalarni ishlashini ta’minlovchi bosimlar farqi, siljituvchi kuch va momentlar tushunchalari. Ijro etuvchi qurilmalarning asosiy xarakteristikalari.
    Reja:
    1. Ijro etuvchi qurilmalarga qo`yiladigan asosiy talablar.
    2. Ijro etuvchi qurilmalarni ishlashini ta’minlovchi bosimlar farqi, siljituvchi kuch va momentlar tushunchalari.


    Ijro etuvchi qurilmalarga qo`yiladigan asosiy talablar.
    Ijro etuvchi qurilmalarga qo`yiladigan talablarni ijro mexanizmlar misolida ko`rib o`tsak ancha tushinarli bo`ladi. Avtomatik rostlash tizimi ART ijro mexanizmi qator talablarga javob berishi zarur:
    1. Ijro mexanizmi eksplutatsiyaning har qanday yomon sharoitida siljishning barcha diapazonida rostlash organning ishchi qismlari reaksiyasi (qarshiligi)ni yengish uchun yetarli siljitish kuchini oshirish kerak.
    2. Ijro mexanizmi detektorlash ta’siriga ega bo`lishi kerak, ya’ni ta’sirni faqat bir yo`nalishda uzatishi kerak: rostlash qurilmasidan rostlash organiga va rostlash ob’yektiga.
    3. Ijro mexanizmi sezgirligi va lyuft(mashina qismlari o`rtasidagi juda tor oraliq)i rostlagich(datchik, rostlash qurilmasi va boshqalar)ni boshqa bo`g’inlarining analogik ko`rsatkichlari qiymatlari bilan umumiy o`lchovga ega bo`lishi kerak.
    4. Ijro mexanizmining chiqish qismi siljishining tezligi nominal yuklamada rostlanuvchi ob’yektning tezlik olish tezligiga teng yoki ko`proq bo`lishi kerak.

    Ijro etuvchi qurilmalarni ishlashini ta’minlovchi bosimlar farqi, siljituvchi kuch va momentlar tushunchalari.

    Rostlash organidagi bosimlar farqi kuchlarni aniqlaydi, bu kuchlarga ijro etuvchi mexanizm, shuningdek drosselli sirtlarning yeyilishi hisob kitob qilinadi. Muhitning static va dinamik ta’sirlaridan holi bo`lganzatvorga ega ijro etuvchi qurilmalarning ko`plab ko`rinishlari uchun chegaraviy ruxsat etilgan bosimlar farqi ijro etuvchi mexanizm quvvatiga bog’liq holda o`rnatiladi.

    1-rasm. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmi.
    ∆P=Pki1-Pkir2 – bosimlar farqi.
    Ijro etuvchi qurilma IQ ning asosiy tavsiflaridan biri ijro etuvchi mexanizm IM chiqish organi orqali rostlash organiga uzatiluvchi siljituvchi kuch (moment) kattaligi hisoblanadi. Bu kattalik odatda texnik pasportida ko`rsatiladi va IQ ni tanlashda va energatik hisob kitobida muhim hisoblanadi.
    Siljitish kuchini yuzaga keltiruvchi energiya turiga qarab IM pnevmatik, gidravlik va elektrik turlariga. Bir vaqtning o`zida ikkita energiya turidan foydalaniladigan IM lar mavjud: elektropnevmatik, elektrogidravlik va pnevmogidravlik. Ulardan eng keng tarqalgani elektrogidravlik IM hisoblanadi.
    Pnevmatik IM larda siljituvchi kuch siqilgan havo bosimini membrana, porshen yoki silfonga ta’siri hisobiga yuzaga keladi. Shunga bog’liq holda pnevmatik IM lar membranali, porshenli va silfonlilarga bo`linadi. Pnevmatik IQ larda siqilgan havo bosimi odatda 103kPa dan oshmaydi.
    Gidravlik IM larda siljituvchi kuch suyuqlik bosimini membrana, porshen yoki parrakka ta’siri hisobiga paydo bo`ladi. Gidravlik IM lar bu bog’liq holda membranali, porshenli va parraklilarga bo`linadi. Gidravlik IQ larda suyuqlik bosimi odatda (2,5-20) 103 kPa oraliqda bo`ladi. Gidravlik IQ larning alohida kichik sinfi gidromuftali IQ dan tashkil topadi. Pnevmatik va gidravlik membranali va porshenli IM prujinali va prujinasizlarga bo`linadi. Prujinali IM larda bir yo`nalishdagi siljituvchi kuch IM ning ishchi bo`shlig’idagi bosim orqali yuzaga keladi, teskari yo`nalishda esa siqilgan prujina bikrligik kuchi yordamida hosil bo’ladi. Prujinasiz IM larda ikkila yo`nalishlardagi siljituvchi kuch mexanizm ishchi organidagi bosimlar farqi orqali yuzaga keladi.

    Download 6,28 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




    Download 6,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar

    Download 6,28 Mb.