|
-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar
|
bet | 29/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 20194-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar.
4.6-mavzu: Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.
Shtoki ikkita (to`liq oldga va ortga suriladigan) holatga ega pnevmatik ijro mexanizmlar sanoatda pnevmosilindrlar deyiladi (1-rasm).
4-rasm. SMC firmasi pnevmosilindrlarining umumiy ko`rinishi
Pnevmosilindrning harakat prinsipi 5-rasmda ko`rsatilgan.
5-rasm. Pnevmosilindrning harakat prinsipi
Pnevmosilindr ichki diametri D bo`lgan metall silindr va shtokining diametri d bo`lgan porshendan iborat. Porshen silindr uzunligi bo`yicha siljishi mumkin. Silindr devorlari va porshen ikkita bo`shliqni hosil qiladi. Bo`shliq A va bo`shliq B havo yuborishga mo`ljallangan shtuser(sirti rezbali kalta truba parchasi)lar bilan ta’minlangan. Bo`shliq B ni germetiklash uchun porshen shtoki va silindri oralig’iga salnik ishlatiladi.Bo`shliq A ga P bosimli havo berilganda P bosim va F1= πD2/4 porshen yuzasiga proporsional ravishda kuch ta’sir qilishni boshlaydi. Bu vaqtda bo’shliq B atmosfera bilan bog’langan bo`lishi kerak, bo’shliq B da bosim kamayadi. Porshen teskari tomonga harakatlanishi uchun bo’shliq A atmosferaga ulanishi kerak, bo’shliq B ga esa bosim beriladi. Bu holatda shuni hisobga olish kerakki, porshen yuzasi shtokning uzasiga teng yuzaga kichik bo`ladi va kuch ham shunga mos ravishda kichik bo`ladi.
Bo’shliq A va B lardagi o`tishlarni amalga oshirish uchun tashqi beriladigan buyruqlar bilan ishlovchi pnevmo- va elektropnevmotaqsimlagichlar ishlatiladi. Porshenni siljituvchi minimal bosim poshen, silindr devorlari, shtok va salnik o`rtasidagi ishqalanish kuchini yengib o`tishi kerak. Lekin ishlash vaqtida bosim yetarlicha katta bo`lishi kerak. Odatda pnevmosilindrlar 0.1; 0.25; 0.63; 1 MPa bosimga hisoblanadi. 6-rasmda pnevmosilindrlarning A va B bo`shliqlarga bosim uzatishdagi yo`lli tavsifi ko`rsatilgan. Shtokning siljishi tez amalga oshadi va cheklagichgacha, ya’ni pnevmosilindrni huddi releli qurilma sifatida qabul qilish kerak.
6-rasm. Shtoki ilgarilanma va qaytma yo`l uchun
yuklatilmagan holatdagi pnevmosilindrning yo`lli tavsifi.
6-rasmda bir tomonlama shtokli (P = 1,0 MPa) ikki tomonlama harakatlanuvchi pnevmatik silindr deb hisoblanuvchi sanoat pnevmosilindrining konstruksiyasi ko`rsatilgan.
|
| |