|
-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar
|
bet | 27/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 20194-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar.
4.4-mavzu: Ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.
Reja:
1. Ijro mexanizmlarini hisoblash.
2. Ijro mexanizmlarini tanlash.
Ijro etuvchi qurilma avtomatik boshqarish tizimi ABTning rostlagich yoki masofadan boshqaruvchi qurilmadan keluvchi buyruqli ma’lumotga mos ravishda texnologik jarayonga bevosita ta’sir qiluvchi elementi hisoblanadi. Buyruqli ma’lumot ijro etuvchi qurilmaga ma’lum standart ko`rinishda keladi, misol uchun 0-5mA diapazondagi doimiy tok yoki 0,2-1kgs/sm2 siqilgan havo bosimi ko`rinishida bo`lishi mumkin. Buyruqli signal qabul qilingandan so`ng ijro etuvchi qurilma rostlash organining o`tkazish kesimi o`zgarishi hisobiga jarayonga modda (yoki energiya) sarfining o`zgarishi ko`rinishida rostlovchi ta`sirni ishlab chiqadi. Ijro etuvchi qurilma o`zining qo`llanishi bo`yicha umumiy holatda uchta asosiy bloklardan iborat:
Pozisioner – ijro etuvchi mexanizmni uning yo`nalishini o`zgartirib turish uchun zarur bo`lgan energiya bilan ta’minlash orqali boshqarishga mo`ljallangan.
Ijro etuvchi mexanizm – olingan energiyani rostlash organi zatvori siljishi uchun zarur bo`lgan kuchga o`zgartirishga mo`ljallangan. Rostlash organi – zatvor siljishini muhit sarfiga o`zgartiruvchga mo`ljallangan.
Pnevmatik ijro etuvchi qurilmaning funksional sxemasi 1-rasmda ko`rsatilgan. Kirish signali rostlash qurilmasidan summatorga keladi, bu yerda signal teskari aloqa datchikidan kelgan signal bilan qo`shiladi. Signallar moslashgandan so`ng kuchaytirgichda kuchayadi va ijro etuvchi mexanizm ishchi bo`shlig`idan bosimni chiqarish yoki yuborish liniyalaridagi o`tkazish kesimlarini o`zgartiruvchi pilot elementiga keladi. Ishchi bo`shliqdagi bosim membrana yoki porshenga ta’sir qilib, rostlash organi va bog`lovchi elementlarning ijro mexsnizmi, shtoki va valining chiqish bo`g’inidan iborat bo`lgan harakatlanuvchi tizimga zaruriy o`zgartirish kuchini hosil qiladi. Ijro etuvchi mexanizmning o`zgartiruvchi kuchi harakatlanuvchi tizimga ta’sir qiluvchi boshqa kuchlar bilan o`zaro ta’sirlashib zatvor siljishini ta’minlaydi. Drosselli juftlikda zatvor yo`lini rostlash o`rgani o`tkazish qobilyatining o`zgarishi o`zgartirilishi sodir bo`ladi va nihoyat, rostlash o`rgani o`tkazish qobilyatining o`zgarishi u orqali muhit sarfining o`zgarishiga olib keladi. Ijro etuvchi qurilma strukturasi ko`psonli teskari aloqalar ega.
Elektromagnitli ijro mexanizmlarini hisoblash masalasiga konstruktiv o`lchamlarni va qurilma ishining berilgan shartga mos elektromagnitlar cho`lgamlari ma’lumotlarini topish kiradi.
Odatda quyidagilar boshlangich shartlar hisoblanadi:
hisob kitob yoki eksperimental yo`l bilan olingan aks ta’sir (mexanik) tavsifi;
cho`lg’amga kelayotgan kirish signalining toki va kuchlanishi;
vaqt parametrlari;
o`lchamlari, ogirligi va narxi
Bundan tashqari, ekspluatatsiya qilishning asosiy shartlarini hisobga olish kerak: atrof muhit harorati, namligi, changligi, vibratsiyaning mavjudligi.
EMIM ning asosiy ko`rsatkichlariga quyidagilar ta’aluqli:
-shartli foydali ish
|
| |