|
1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu
|
bet | 50/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 20196-modul. Avtomatik rostlagichlar.
6.3-mavzu: Jarayon o`zgaruvchisining diapazoni tekshiruvi va filtiratsiyasi. Boshqaruv slotlari turlari.
Reja:
Jarayon o`zgaruvchisining diapazoni tekshiruvi va filtiratsiyasi.
Boshqaruv slotlari turlari.
TJABT lar murakkab, ko‘p funksiyali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning ko‘p funksiyaliligi qator omillar bilan ifodalanadi, ya’ni: identifikasiyalash, nazorat, himoya va blokirovka, rostlash va boshqarish kabi ayrim funksional yordamchi tizimlarning borligi; lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy, global maqsadga bo‘ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi( ko‘p sonli aloqalarning borligi; ayrim ob’ektlarni boshqarishning markazlashuvi va, nihoyat, turli funksiyalarni bajarishda bir xil texnik vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. TJABT lar bajargan funksiyalarni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin: axborot, boshqaruv va yordamchi.
TJABT larning axborot funksiyalari ishlab chiqarish xodimlariga (operatorlarga, dispetcherlarga) texnologik jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi aniq axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlar kamayishiga olib keladi. TJABT larning axborot funkslari quyidagichadir: 1) texnik va texnologik axborotdarni to‘plash, dastlabki ishlash va saqlash; 2) jarayon va texnologik uskunalar holatining parametrlarini bilvosita o‘lchash; 3) texnologik jarayon va uskunalar parametrlarining holatini belgilash hamda signal berish; 4) texnologik jarayon va texnologik uskunlarning ishlashi haqida texnika-iqtisodiy va foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash; 5) yuqori va qo‘shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6) texnologik jarayon parametrlari, texnologik uskunaning holati va natijalarni qayd qilish; 7) jarayon parametrlari va uskunalar holatida berilgan qiymatdan farqlarini nazorat qilish; 8) texnologik uskunalarning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish; 9) texnik vositalar komplekslari holatini diagnoz qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko‘satmalarni operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo‘shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini ta’minlash.
Texnologii jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABT larning boshqarish funksiyasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta’sirlari operatorning ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin, yoki operatorga ma’lum bir ko‘rsatmalar ko‘rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etishi mumqin), yoxud operator ko‘rib chiqqandan so‘ng avtomatik tarzda ta’sir etishi mumkin. TJABT larning boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat: 1) texnologik jarayonning ayrim parametrlarini rostlash; 2) bir marotaba mantiqiy boshqarish (himoya, blo- kirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko‘p aloqali rostlash; 5) diskret boshqarishda dasturli va mantiqiy operasiyalarni bajarish; 6) texnologik jarayonning turg‘un hola- tini optimal boshqarish; 7) texnologik jarayonning noturg‘un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8) boshqarish tizimini moslashtirgan holda butun texnologik ob’ektni optimal boshqarish.
TJABT larning yordamchi funksiyalari quyidagilardan iborat: 1) tayyor mahsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o‘zgartishlar kiritish; 2) hisoblash masalalarini hal etish; 3) texnologik uskunalarning to‘la ishlashini nazorat qilish; 4) tizimdagi g‘ayri-tabiiy vositalarni oldindan ko‘rsatish; 5) yuqori bosqich tizimlar bilan aloqani ta’minlab berish; 6) tizimning texnologik vosi- talar buzilishini oldindan ko‘rsatish.
Texnologik jarayonning kirish va chiqish parametrlari haqidagi axborot o‘lchov asboblarining datchigi va axborotni kiritish-chiqarish kompleksi orqali raqamli hisoblash mashinasiga (RHM) boradi. Bu axborotni (yoki uning bir qismini) operator ham aloqa qurilmasi orqali RHM ga kiritishi mumkin. Bu holda operator nazorat qurilmasidagi ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Boshqaruvchi RHM oldindan belgilangan algoritmlar va boshqaruv dasturi, boshqarish maqsadi, tanlangan optimallash simvoli, cheklashlar asosida ma’lum bir tartib bilan kirgan axborotni qayta ishlaydi. Tizim texnologik jarayonini avtomatik rejimda bosharishi mumkin yoki boshqarish rejimi shunday bo‘lish mumkinki, unda boshqaruvchi raqamli hisoblash mashinasi (RHM) aloqa qurilmasi orqali operatorga texnologik jarayonni ijro etuvchi organlar yoki topshiriq bergichlarni masofadan turib boshqarish uchun ma’lum tavsiyalar beradi (ya’ni, «maslahat rejimi»). TJABT larni loyihalash shunday tashkil qilinishi kerakki, unda operatorlar va texnik vositalarning imkoniyatlari to‘la foydalanib, kelajakka avtomatik boshqarish tizimlari (ABT) keng o‘rin egallasin, inson esa faqat texnologik uskunalar va boshqarish tizimlarining aniq buzilmasdan ishlashini nazorat qilish hamda yordamchi amallarni bajARTin. Umumiy ko‘rinishda tizimning matematik modelini quyidagicha ifodalash mumkin:
|
| |