|
-modul. Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari va tarmoqlari
|
bet | 53/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 20197-modul. Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari va tarmoqlari.
7.1-mavzu: Bog’lanish to`g’risida umumiy tushunchalar. AS interfeys. PROFIBUS. ETHERNET.
Reja:
1. Bog’lanish to`g’risida umumiy tushunchalar. AS interfeys.
2. PROFIBUS. ETHERNET.
AS-INTERFEYS
AS-interfeys (Actuators/Sensors interface-ijrochi qurilmalar va datchiklar interfeysi) avtomatlashtirish tizimlarining quyi sathining ochiq sanoat tarmog‘i hisoblanadi, u ijrochi qurilmalar va datchiklar bilan aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan. AS-interfeys datchiklar va ijrochi mexanizmlarni boshqarish tizimiga bitta ikki simli kabeldan foydalanib tarmoq tuzish asosida ulashga yordam beradi, uning yordamida hamma tarmoq qurilmalari ta’minoti ham, datchiklarni so‘rash va ijrochi mexanizmlarga buyruq chiqarish ham ta’minlanadi.
AS-interfeys negizidagi tizimning texnik ma’lumotlari.
Topologiya
|
SHina, yog‘och, yulduz, halqa
|
Etaklanuvchi qurilmalar soni
|
62 tagacha
|
Ulanadigan datchiklar va ijrochi mexanizmlar soni
|
Bitta etaklanuvchi qurilmaga 4 tagacha datchik va 3 ta ijrochi mexanizm.
Bitta etaklovchi qurilmaga 248 tagacha datchik va 168 ta ijrochi mexanizm
|
Aloqa liniyasining maksimal uzunligi
|
Takrorlagichlar kengaytirgichlarsiz 100 m gacha
Takrorlagichlar kengaytirgichlar bilan 300 m gacha
|
Elektr ta’minot
|
AS-interfeys shinasi orqali: 2,8 A (nom). 29,5-31,6 V bo‘lganda 8 A (maks).
|
Ma’lumotlarni yangilash sikli vaqti
|
31 ta etaklanuvchi qurilma bo‘lganda-5 ms dan ortmaydi
62 ta etaklanuvchi qurilma bo‘lganda 10 ms dan ortmaydi.
|
Tizimda maxsus modellar mavjud bo‘lganda AS-interfeys odatdagi keng tarkalgan datchiklarni va ijro mexanizmlarini ulashga imkon beradi. Undan tashkari hozirgi paytda elektron kismiga AS-interfeysning etaklanuvchi qurilmasi integral mikrosxemasi o‘rnatilgan datchiklar va ijrochi mexanizmlar nomenklaturasi juda kengaymokda.
Tizimni boshqarishda kulaylikka turli xil etakchi qurilmalarni ko‘llanish hisobiga erishmokda.
Etakchi qurilmalarning vazifalarini dasturlanuvchi mantikiy kontrollerlar, sanoat kompyuterlari yoki ancha yuqori sathli tarmoqqa ega aloqa modullari- Modbus, Interbus, CANopen, DeviceNet, Profibus va boshqalar bajarishi mumkin.
PROFIBUS
Sanoat aloqasi sohasidagi masalalar ko‘pincha turli xil echimlarni talab etadi. Bir holda o‘rtacha tezlikka ega murakkab, uzun xabarlar bilan almashish zarur. Boshqa bir holda, almashuvning soddalashtirilgan protokolidan foydalangan holda, masalan, datchiklar yoki ijrochi mexanzmlardan foydalangan holda kiska xabarlar bilan tez almashish talab kilinadi.
Uchinchi holda ishlab chiqarishning portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan sharoitlarda ishlash zarur. PROFIBUS bu hollarning istagani uchun samarali echimga ega.
PROFIBUS-korxonaning kommunikasion muammolarni kompleks hal qilishni ta’minlovchi sanoat tarmoqlari oilasidir. Bu umumiy nom ostida uchta turli xil, ammo moslashuvchan protokollar to‘plami: PROFIBUS-FMS, PROFIBUS-DP va PROFIBUS-PA yig‘indisi tushuniladi.
PROFIBUS-FMS protokoli birinchi bo‘lib paydo bo‘ldi va sex sathi deb nomlanuvchi sathda ishlash uchun mo‘ljallangan edi. Uning asosiy vazifasi- ma’lumotlarning katta hajmini uzatish.
PROFIBUS-DP prtokoli dasturlanuvchi mantikiy kontroller va ob’ekt bilan taqsimlangan aloqa qurilmalarining orasidagi ma’lumotlarning yuqori tezlikdagi almashinuvi uchun ko‘llaniladi. Uzatishning fizik muhiti-RS-485 standartining ekranlangan (to‘sikli) o‘ram juftligidir. Almashuv tezligi tarmoq uzunligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lik va 1200 m masofada 100 k bit/s dan 100 m gacha bo‘lgan masofada 12 M bit/s gacha o‘zgaradi. Tarmoqdagi uzellarning o‘zaro ta’siri «Master- Slave» (etaklovchi-etaklanuvchi) modeli bilan aniklanadi. Master ulangan uzellarni ketma-ket so‘raydi va unga ko‘yilgan texnologik dasturga muvofik boshqaruvchi buyruqlar chiqaradi. Ma’lumotlarni almashtirish protokoli almashuv tezligiga va tarmoq uzellari soniga bog‘lik holda so‘rov siklining ma’lum vaqtini ta’minlaydi, bu esa PROFIBUS ni real vaqt tizimlarida ko‘llanishga imkon beradi.
PROFIBUS-PA- bu tarmoq interfeysi bo‘lib, uning ma’lumotlarni uzatishning fizik muhiti IEC 61158-2 standartiga mos keladi, bevosita portlash xavfi bo‘lgan zonada joylashgan ijrochi qurilmalar, datchiklar va kontrollerlarni birlashtiruvchi tarmoqni kurish uchun ko‘llanilishi mumkin.
Ethernet
Ishlab chiqarishni boshqarish sathida Ethernet tarmoqlari o‘ziga mustahkam etakchi o‘rinni allakachon egallab olgan. Ethernet negizidagi qarorlar (echimlar) ofisli taksimlangan ilovalarning hammasini amalda siqib chiqardi va bugun Ethernet lokal tarmoqlarda asosiy almashuv vositasi hisoblanadi. Keyingi paytlarda Ethernet ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish majmualariga ham faol kirib bora boshladi. Sanoatda foydalanish sharoitlari talablariga muvofik bajarilgan butun bir qator apparat vositalari (kommutatorlar va konsentratorlar) paydo bo‘ldi.
Ma’lumotlarni uzatishning fizik muhiti sifatidagi Ethernet dan foydalanish yaxshi adreslanuvchi mantikiy protokollarning foydalanilishiga olib keladi. Hozir qurilmalarning ko‘pchiligi TCP/IP protokolini ko‘llab-kuvvatlaydi. Bu istagan masshtabdagi tarmoqqa, global Internet tarmog‘ini ham hisobga olganda texnologik jarayonlarni boshqarishning lokal tizimlarini osongina integrasiyalashga (birlashtirishga) imkon beradi.
|
| |