|
1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu
|
bet | 52/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019X1
|
X2
|
Y=X1+X2
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
1
|
Mantiqiy qo'paytiruv. Bu amal HAM amali yoki kon`yunksiya deb ataladi. Mantiqiy ko'paytiruv postulatlari 9.2 – jadvalda keltirilgan. Mantiqiy HAM amalini bajaruvchi element shartli belgisi 9.1 b – rasmda ifodalangan. 1
Dastur maʻlumotlarga ishlov berish jarayonining formallashgan tavsifi sifatida.
Dasturiy vosita Dasturlashtirishning bosh maqsadi maʻlumotlarga ishlov berish jarayonlari (bundan buyon jarayonlar deb ataladi)ni tavsiflashdan iborat. Axborotga ishlov berish boʻyicha xalqaro federatsiya (IFIP) da qabul qilinganidek, maʻlumotlar (data) bu qandaydir jarayonda uzatish va qayta ishlash uchun yaroqli boʻlgan formallashgan koʻrinishdagi faktlar va gʻoyalarning taqdimotidir, axborot (information) esa maʻlumotlarni taqdim etishda ularga berilgan maʻnoni bildiradi. Maʻlumotlarga ishlov berish (data processing) ushbu maʻlumotlar ustida muntazam ketma-ketlikdagi amallarni bajarish demak. Maʻlumotlar maʻlumot tashuvchilarda taqdim etiladi va saqlanadi. Maʻlumotlarga bironbir ishlov berish paytida qoʻllanadigan maʻlumot tashuvchilar majmuini axborot muhiti (data medium) deb ataymiz. Axborot muhitida maʻlum bir vaqt mobaynida mavjud boʻlgan maʻlumotlar toʻplamini ushbu axborot muhitining holati deb ataymiz. Jarayonga esa shunday taʻrif berish mumkin: jarayon bu biron-bir axborot muhitida oʻzaro almashinib keluvchi holatlar ketma-ketligi.
Jarayonga tavsif berish - bu berilgan axborot muhitidagi holatlar ketma-ketligini aniqlash demak. Agar biz talab qilinayotgan jarayon unga berilgan tavsifga koʻra biron-bir kompyuterda avtomatik tarzda hosil boʻlishini xohlasak, bu holda ushbu tavsif formallashgan boʻlishi lozim. Bunday tavsif dastur deb ataladi. Bu oʻrinda dastur insonga ham tushunarli boʻlmogʻi lozim. Chunki dasturlarni ishlab chiqishda ham, ulardan foydalanishda ham ushbu dastur aynan qanday jarayonni yuzaga keltirayotganini aniqlab olishga toʻgʻri keladi. Shu bois dastur inson uchun qulay boʻlgan formallashgan dasturlash tilida tuziladi hamda translyator deb ataluvchi boshqa bir dastur yordamida avtomatik tarzda tegishli kompyuter tiliga oʻtkaziladi. Inson (dasturchi) oʻzi uchun qulay dasturlash tilida dastur tuzishdan avval, katta tayyorgarlik ishini olib borishi lozim: masalaning qoʻyilishini aniqlab olish, uni yechish usullarini tanlash, talab qilinayotgan dasturni qoʻllashdagi oʻziga xos xususiyatlarni aniqlash, ishlab chiqilayotgan dasturni tashkillashtirishning umumiy jihatlariga aniqlik kiritish va h.k. Bu axborotdan foydalanish inson uchun dasturni anglab yetish masalasini ancha osonlashtirishi mumkin. Shuning uchun uni alohida hujjatlar koʻrinishida qayd etib borish gʻoyat foydalidir (bu oʻrinda bunday hujjatlar odatda formallashmagan boʻlib, faqatgina tushunchalarga oydinlik kiritishga moʻljallangan boʻladi).
Odatda dasturlar ularni ishlab chiqishda ishtirok etmaydigan insonlar (ular foydalanuvchilar deb ataladi) foydalana oladigan qilib ishlab chiqiladi. Dasturni oʻzlashtirish uchun foydalanuvchiga uning matnidan tashqari yana qandaydir qoʻshimcha hujjatlar ham kerak boʻladi. Maʻlumot tashuvchilardagi dasturiy hujjatlar bilan taʻminlangan dastur yoki mantiqan bogʻlangan dasturlar majmui dasturiy vosita (DV) deb ataladi. Dastur maʻlumotlarga kompyuterda baʻzi bir avtomatik ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Dasturiy hujjatlar dasturiy vositaning u yoki bu dasturi qanday vazifalarni bajarishini, dastlabki maʻlumotlarni qanday tayyorlash va talabdagi dasturni qanday ishga tushirish kerakligini, shuningdek olinayotgan natijalar nimani bildirishini (yoki ushbu dasturning bajarilishidan olinayotgan samara nimada ekanligini) tushunib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, dasturiy hujjatlar dasturning oʻzini tushunib yetishga yordam beradiki, bu uni modifikatsiya qilishda gʻoyat muhimdir.
Ma’lumotlarni to’plash, ularni mantiqiy tahlil qilish dastlabki kunlardanoq sanoat tizimlari va nazorat qilishda qo’llanilgan. Shu jumladan, CPU va bir qator elektron qurilmalar kirib kelishi bilan ishlab chiqaruvchilar matiqiy elementlarda raqamli elektronikani qo’lashdi. PLC yoki DMK (dasturlashtiriladigan mantiqiy kontroller) sanoatda hali hamon keng qo’llaniladigan nazorat tizimlaridan biridir. Zavod va korxonalarda nazorat qilish va tekshirish uskunalari rivojlanishi bilan PLC lar bir necha qismlarga bo’linib, bu tizimlar yanada aqilliroq va kichikroq o’lchaga ega bo’ldi. PLC (programmable logic controller yoki DMK–dasturlashtiriladigan mantiqiy kontroller) va DCS (distributed control systems yoki TNT–taqsimlangan nazorat tizimi) quyida ko’rsatilgandek foydalaniladi.
|
| |