|
-modul. Avtomatlashtirishning texnik vositalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning raqamli qurilmalari
|
bet | 58/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 20198-modul. Avtomatlashtirishning texnik vositalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning raqamli qurilmalari.
8.2-mavzu: Sanoat kontrollerlari. Mikro-EXM. Bir kristalli kontrollerlar. Avtomatika sistemalarining dasturiy ta’minoti.
Reja:
1. Mikro-EXM. Bir kristalli kontrollerlar.
2. Avtomatika sistemalarining dasturiy ta’minoti.
S7-300/S7-400 dasturlanadigan kontrollerlarining tarkibi
S7-300/S7-400 kontrollerlar oilasi oddiy va murakkab elementlarni o‘z ichiga oladigan mantiqiy dasturiy kontrollerlardan tashkil topadi. Hajmi va umumiy imkoniyatlari har xil bo‘lgan bu kontrollerlarning qo‘llash xarakteristikasi, xotirasi, ma’lumotlar tarkibi, manzillari (adresslari), dasturiy tili va qo‘llanilish to‘plami bir xil. Ular, lokal hisoblash tarmoqlarini qo‘llab, oddiy tizimlar (operator paneli, kiritish/chiqarish qurilmalari) bilan oson integrallashadigan Step 7 dasturlash vositalari orqali farqlanadi.
Komponentlari
S7-300 va S7-400 kontrollerlari modulli bo‘lib, har biri asosiy komponentlardan tashkil topadi. Bu komponentlar keyingi 4-bobda bayon etiladi. Dasturlash qurilmasi umumiy foydalanuvchi interfeysini yaratish, saqlash, xatoliklarni qidirish va dasturni boshqarishni ta’minlaydi. Ushbu komponentlarni har biri S7-300/S7-400 kontrollerlarini sozlash uchun qo‘llaniladi.
Component nomi
|
O‘zbek tilida
|
Belgisi
|
Vazifasi
|
Racks
|
Karkas
|
-
|
Foydalanuvchi tomonidan tanlanadigan turli modullar o‘rnatiladigan montaj asosi
|
Power Supply
|
Ta’minot manbai
|
PS
|
Karkas va modullarga kuchlanish berish manbai
|
Central Processor
|
Markaziy Protsessor
|
CPU
|
Foydalanuvchi dasturlari va ma’lumotlarini nazorat qilish jarayonini boshqaradi
|
Signal Modules
|
Signallar modullari
|
SM
|
O ‘lchash qurilmalari va datchiklardan olinadigan raqamli/analog I/O signallari interfeysi
|
Function Modules
|
Funksional modular
|
FM
|
CPU dan mustaqil bo ‘lgan nazorat qiluvchi intellektual modullar
|
Communication Processors
|
Kommunikatsiya protsessori
|
CP
|
S7 DMK va boshqa qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi
|
Interface Modules
|
Modul interfeyslari
|
IM
|
markaziy va yordamchi karkasning S7-300 va S7-400 lari o‘rtasidagi local va nolokal bog‘lanishlarni amalga oshiradi
|
Programming Device
|
Dasturlash qurilmasi
|
PG/PC
|
PG o‘zida Step7/Step5 dasturlarini ishlab chiqishga moslashgan shaxsiy kompyuterlarni namoyon etadi; PC foydalanuvchi tomonidan tuziladigan dasturlash tizimi hisoblanadi
|
Multi-point Interfeys
|
Ko’p nuqtali interfeys
|
MPI
|
MPI ning komponentlari (CPUs, CPs, FMs, operator paneli (OPs)) bilan quyi tarmoqdagi qurilmalarni ulovchi tarmoq
|
Distributed I/O
|
Taqsimlangan I/O (kirish/chiqish)
|
DP
|
I/O (kirish/chiqish) qurilmalari (yoki DP-yordamchi qurilmalar) DP-master bilan standart EN50170 Volume ProfiBus DP orqali ulanadi
|
|
| |