• Telekonferensiya.
  • Mustaqillik davri ozbek adabiyoti bo‘yicha maTumotlar umumtalim maktablarining 9-sinf darsligida o‘rin olgan. Bu
  • “Mustaqillik davri uzbek adabiyoti”
  • Elektron konferensiyalar. Telekonferensaloqa




    Download 0,66 Mb.
    bet109/133
    Sana10.01.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #134002
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133
    Bog'liq
    Ўзбек тили ва адабиети таълимида ахборот технологиялари Word varianti

    Elektron konferensiyalar. Telekonferensaloqa. Masofaviy lii’limda clcktron konferensiyalar o‘nn haqida to‘xtalib o'tamiz. I lektron konferensiyalar (ulami kompyuterli konferensiya deb ham iituladi) bu kompyuter monitorida bir-biridan tnrheha uzoqlikda ho'lgan «konferensiya» qatnashehilari tomonidan uzatilgan xabar yoki ma’lumotlaming matnini (eng kamida) olish imkonini beradi, huuda ish joyining qurilmalar bilan jihozlanishi elektron pochta kabi hifliidi. Videotetefonlar videokonferensaloqadan o'lchamning vhcgaralanganligi va vizual axborotni namoyish etish sifati va kompyuter iiovalarini real vaqtda ishlatish imkoni yo'qligi bilan farq qiladi. Bu sinf yangi axborot texnologiyalarining didaktik xossalan tasvir, ovoz, grafikani real vaqtda uzatish imkoni va talabalarga o'quv maqsadlari uchun ko'rsatish imkonini o‘z ichiga oladi. Bu xossalar o'qitishning an’anaviy shaklida tuzilgan ma’ruza, seminar va nazorat tadbirlarini o‘quv jarayonida to'la holicha qo'llash imkonini beradi.
    Telekonferensiya. Telekonferensiya (teleconferencing) - ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o‘zaro muloqotini tashkii etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Telekonferensiya о 'zida audiokonferensiya (audioconferencing), videokonferensiya (videoconferencing) va kompyuter konferensiyalari (computerconferencing) kabi texnologiyalami muj as samlashtiradi.
    Kompyuter texnologiyalarining o'quv jarayonida asosli qo'llashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va eksperimentlaming kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir. Kompyuter*yordamida ma’lumotlami qayta ishlash, model va natijalaming namoyishi, ko‘p hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga bo'lgan ehtiyojm o'rnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim o'tkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlami modeilashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.
    Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti bo‘yicha maTumotlar umumta'lim maktablarining 9-sinf darsligida o‘rin olgan. Bu mavzu keng qamrovli bo'lib. unda istiqlol davri adabiyoti nasri, she’riyati va dramaturgiyasi qamrab olingan. Aynan mana shu mavzu bo'yicha videokonferensiya tashkii etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Videokonferensiyani tashkii etish uchun bizga qurilmalar ISDN, V.35, El/Tl aloqa kanallariga va IP tarmoqqa ulanish talab qilinadi. ISDN aloqa kanali 256 - 512 kbit/s, IP tarmoq 512 1024 kbit/s tezlikka ega bo'lishi tavsiya etiladi. 200 - 300 kbit/s tezlikda tasvir tiniqligi va almashish o'rtacha holatda bo'ladi. Tasvir va ovozni almashish uebun maxsus videokodeklardan foydalaniladi. Videokodeklar PCI plata sifatida kompyuterga o'rnatiladi. Shuningdek, masofadan o'qitishning videokonferensiya tizimi o'rnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan boTishi kerak: qorong'ulashgan xona, oval formadagi tinglovchilar stoli va terminal
    kamera qurilmasi to'liq xonani va elektron doskani ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo'iishi kerak.
    Masofadan videokonferensiya tizimi - matnli axborotlar almashish, fayliar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo'llashda o'qituvchi doskaga mavzuni yczadi - “Mustaqillik davri u'zbek adabiyoti” va bu videokonferensaloqa ko'magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko'rsatiladi. Elektron doskadan masofadan o'qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ko'rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o'qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.
    O'qituvchi ma’ruzasi tinglanadi:
    Istiqlol davri o'zbek adabiyoti ko'p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomidir. Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti tubdan o'zgargan milliy ong va tamomila yangilanayotgan estetik tafakkuming mahsulidir. Bugungi badiiy ijod bilan shug'illanayotgan kishilar shaxs sifatida ham. ijodkor sifatida ham tamomila o'ziga xos xihna-xil kishilardir Isatiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o'z ko’ngliga qarshi bormaydigan vijdoni buyurganini yozadigan ijodkorlar tomonidan yaratilmoqda. Bu davr o'zbek yozuvchilarining ijodini xalq dardining ifodasi deyish mumkin. Shuning uchun ham istiqlol davri adabiyoti millat manfaatini aks ettiruvchi adabiyotdir1.
    Shu tariqa o'qituvchining mavzu bo'yicha ma’ruzasi maxsus qurilmalar orqali boshqa auditoriyalarga uzatiladi.
    Xuddi shu mavzu bo'yicha videokonferensiyani boshqacha usulda tashkil etish mumkin. Buttda uchta ta’lim muassasasi hamkorlikda videokonferensiya loyihasi ishlab chiqiladi. Birinchi ta’lim muassasasi istiqlol davri o'zbek she’riyati boyicha loyihada ishtirok etadi. Ikkinchi ta’lim muassasasi istiqlol davri nasri bo'yicha ma’lumotlami jamlaydi. Uchinchi ta’lim muassasasi esa mustaqillik davri dramaturgiyasiga e’tabor qaratadi. Uchta ta’lim muassasasi hamkorligida mavzu boyicha toplangan axborotlar bir vaqtning o'z.ida uchta ta’lim muassasalari o'quvchilari uchun samarali bo’ladi.
    Birinchi ta ’lim muassasasi:
    Ko'p asrlik o'zbek she’riyati hozirda ham davr ruhini. zamondoshlarga xos tuyg'ulami aks ettirishda yetakchilik qilmoqda. U hamon milliy adabiyotimizning yetakchi turi hisoblanadi. Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiycva, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Farida Afro'z, Aziz Said. Muhammad Yusuf, Faxriyor, Bahrom Rozimuhammad, Rauf Subxon, Iqbot Mirzo, Zebo Mirzo, Tursun Ali, 0‘ktamoy, Xosiyat Rustamova singari shoirlarning she’rlanda olam hodisalari va odamning ko'ngil holatlarini shoirona ko'z bilan ko'rish yangi bosqichga ko'tarildi.
    R.Parfining “Adashgan ruh”, “Qora devor”, “Munojot”, Sh. Rahmonning “Turkiylar", “Iqror”, A. Suyunning "Istig'for”, “Oq va qora”, A. Qutbiddinning “Izohsiz lug'at”, A. Saidning “Tush”, “Yo‘l”, Faxriyorning “Ayolg'u” “Oyloq kecha” kabi she’riy asarlari. mustaqillik davri o‘zbek nazrnining yetuk namunalaridan hisoblanadi. Bu she’rlar shakily izlanishlar qilishga, ijodiy tajribalar o'tkazishga moyilligi, Chicfish va Botish poeziyasining eng ilg'or yutuqlaridan samaraii foydalanilganligi bilan ajralib turadi. Masalan: Zebo Mirzoning bir she’rida:
    Umrimni o'tkinchi saboga berdim,
    Eng so‘nggi chaqamni gadoga berdim, Bu telba ruhinini xudoga berdim...
    Sabo olib bordi, gadoga berdi
    Gado yig'ib bordi gadoga berdi.
    Xudo meni senga - xatoga berdi.
    Sen meni kimlarga berding, Azizim?
    Shu o'rinda, o‘qituvchi she’jni tahlil yuzasidan o‘quvchilarga murojaat qiladi. O’quvchilarning tahlillari tinglanadi.
    Ikkinchi ta’lim muassasasi:
    Istiqlol davri nasri ham bugungi adabiy jarayonning salmoqli turidir. Hozirgi adabiy jarayоnda Sh. Xoimirzayev, O'. Hoshimov, Omon Muxtor, Muhammad Ali, Tohir Malik, Tog'ay Murod, Murod Muhammad Do'st, Asad Diimurod, Normurod Norqobilov, Xurshid Do'stmuhammad, .Ahmad A’zam, Nazar Eshonqul, Ulug'bek Hamdam, Luqmon Bo'rixon, Zulfiya Qurolboy qizi singari ijodkorlarning o'ziga xos yo'sinda yaratgan asarlari milliy nasr taraqqiyotini ta’minlamoqda. N. Eshonqul - milliy istiqlol davri o‘zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning “Shamolni tutib bo'lmaydi” hikoyasi ifodaning qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo kntiltnagan tasviridan tashqari, ohangning o'zgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadat bu taxlit ko'p qatlamli, zalvorli, hikoya maromining o'zi bilan badiiy kayfiyat hosil qila oladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo‘q edi. N.Eshonqul nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o'zbek millatiga xos bo'lgan jihatlami aks ettirish imkoniyati jihatidan tengsizdir.
    Shu o'nnda, o'qituvchi istiqlol davri o'zbek nasrining o‘ziga xos yutuqlarini o'qivchilar bilan birgalikda tahlil qiladilar.
    Mustaqillik davri dramatitrgiyasi. O'zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlari tizimida sodir bo'lgan yangilanishlar bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta’sir ko'rsatadi O.Yoqubovning Bir koshona sirlari” , Lfsmon Azimning “Bir qadam yo'l”, Erkin Samandaming “Arabmuhammad Bahodirxon”, Uhom llasanning “Bir kam dunyo”, Abdulla A’zamning “Dugohi I lusayniy”, “Jek London hikoyasidan so'ng” kabi asarlari hozirgi o'zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo'ldi.
    Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog'lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta’sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e’tibor berilayapti.
    Videokonferensiya yakunida uch ta’lim muassasasi o'qituvchi va lalabalari o'zaro axborot almashish bilan bir qatorda istiqlol davri o'zbek adabiyotining o'ziga xosliklari, yutuqlari, muammolarini lahlil qiladilar. O'zaro baxs-munozaralar orqali aniq ilmiy-nazariy xulosalarga keladilar. Aynan shu jarayonning o'zi ta’lim sainaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Download 0,66 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron konferensiyalar. Telekonferensaloqa

    Download 0,66 Mb.