|
Registrlar turlari va tasnifi
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2023 | Hajmi | 56.14 Kb. | | #59632 |
Bog'liq 4 Tajriba ishlari Mavzu Borland C Builder ning grafik imkoniyRegistrlar turlari va tasnifi
Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin. Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi, shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi.Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va amaliy maqsadga yo‘naltirilgan. Quyida foydalanuvchiga mo‘ljallangan amaliy maqsadga yo‘naltirilgan registrlarni ko‘rib chiqamiz.
Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli, 64 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
Segment registrlar
Flag registrlar
Buyruq registrlar
Soprotsessor registrlari
MMX kengaytmali butun sO’nli registrlar
MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar
Umumiy foydalanishga muljallangan registrlar 8 ta
EAX/AX/AH/AL - akkumlyator
EBX/BX/BH/BL - baza registr
ECX/CX/CH/CL - hisobchi registr
EDX/DX/DH/DL - ma’lumotlar registr
SI/ESI - manba indeksi
DI/EDI - qabul qiluvchi indeks
BP/EBP - baza ko‘rsatgichi
SP/ESP - stek ko‘rsatgich
Segment registrlar asosan 6 ta shulardan 3 tasi asosiy, 3 tasi yordamchi, qo‘shimcha
Qo‘shimchalar: ES,FS,GS-qo‘shimcha segment registri
Flag registri
Flag registri 1 ta, undagi har bir razryad ma’lum bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan. SHunga kura flag razryadlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin
Holat flaglari
Boshqarish flaglari
Holat flagiga quyidagilar kiradi:
00 - razryad CF - o‘tkazish flagi
02- razryad PF-qiymatning juftligini tekshiradi
04- razryad AF-qo‘shimcha o‘tkazish flagi
06- razryad ZF-nol flag
07- razryad SF-ishora flagi
razryad OF-to‘lib-toshish flagi
13 - razryadlar lOPL-kiritish chikarish darajasini belgilash flagi
14- razryad NT-masala berilishi flagi Boshqarish flaglari
08- razryad TF-qopqon flagi
09- razryad IF-uzulishlar flagi
razryad DF-yo‘nalish flagi
razryad RF-yangilash flagi
razryad VM-vertual rejim flagi
razryad AC-taqqoslashni nazorat qilish flagi
razryad VIF-uzulishning virtual flagi
razryad VIP-koldirilgan uzulishlar flagi
razryad ID-protsessorni identifikatsiyasini qo‘llash
Buyruq registri 1 ta bo‘lib, uning vazifasi navbatdagi bajariladigan buyruqni saqlash.
|
| |