• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar




    Download 19.24 Mb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi19.24 Mb.
    #91991
    Bog'liq
    Oliy ta\'lim tizimidagi islohotlar.
    1-mavzu. Iqtisodiyotga kirish reja, Baxtiniso, Etq tajriba, javohir esanboyev, sevara, 1 Mavzu, Mavzu Raqamli audio-video qurilmalari va dasturlari, Aynur Seytimbetova oʻzbetinshe(1), 5-mavzu taqdimot, Mustaqil ish mavzu Kesh xotira va uning vazifalari, Shamamatova Sayyora, 5 ҚҚС маъруза матни-2019, сам метрология, 20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo

    Reja:
    1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar.
    2. "Ta'lim to`g`risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilingandan keyingi oslohotlar.
    3. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi.
    Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar.
    Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi.
    Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy`gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi.
    Bu o'rinda istiqlolimizning ilk yillari ta`limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiqdir.
    Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta`limni o`rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi "Ta'lim to`g`risida"gi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda ta`lim mustaqilligini ta`minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta`lim taraqqiyotiga to`liq bo`ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo`yicha ta'lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to`la huquqiy kafolatlar barish, ta`limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta`lim bo`yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo`llarini ochib berishi, ta`lim muassasalari uchun o`quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o`tkazishni rag'batlantirish, ta'limning noan`anaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta`limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.
    Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Ilm-, ma`rifat e'zozlangan, ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida o`ylash hech kimning kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma`rifat insonni yuksaklikka ko`taradi.
    "Ta`lim to`g`risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan keyingi islohotlar.
    Respublikada "Ta'lim to`g`risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida ishlay boshlaganimizga ko`p bo`lgani yo'q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilindi? Respublika ta'limida nimalar o`zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
    Avvalo, ta'lim taraqqiyotining ko`zlagan bosh maqsadi Respublika ta`limini o`sib kelayotgan yosh avlod ta`lim-tarbiyasini milliy istiqlol g'oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo'yayotgan XXI asr ta'limini taraqqiyot, ma`naviy-madaniy qarashlar ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo`lishini ta`minlashdir.
    • Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma`naviy sohada qo`yilgan maqsadlarga erishib bo`lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov islohotlarni aytgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni ishlab chiqishdan va hayotga tatbiq etishdan boshladilar.

    Shu maqsadlarni amalga oshirish yo`lida bajaradigan dastlabki tashkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko`rib chiqamiz.
    Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay'ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta`lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o`rtasida keng tushuntirildi. Ta'limga oid me`yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta'lim standartlari, talablari, o`quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me`yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta'lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi.
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi Uzluksiz ta'lim tuzimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to`g`risida"gi hamda 1998 yil 13 maydagi "O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim tajriba-tayanch o`quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta`limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan 322 ta umumiy o`rta ta'lim maktablarida 1998-1999 o`quv yilida tajriba- sinovdan o`tkazildi. Bu jarayonda davlat ta`limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari bo`yicha har bir dars mavzusi o`quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlariga mosligi, o`zlashtirishdagi sifat ko`rsatkichlari, mavzularning uzluksizligi, soddadan murakkabga yo`naltirilganligi, bir-birini to`ldirishi o`rganib borildi.
    Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi.
    Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta'kidlaganlaridek, biz "mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog`i faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak". Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta`lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, Xususan, ta`lim mazmuniga nafaqat bilim, ko`nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi ijodiy faoliyat - tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g'oyasi kun tatibiga ko'ndalang qilib qo`yildi.
    Xulosa
    Ma'lumki, ta`lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishining asosiy ko`rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolni rejalar tuzar ekan, avvalo, ta`limga e`tiborni kuchaytiradi. Shu ma`noda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab 1-Prezidentimizning "Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz" degan dav'atlari ostida ta'limni isloh qilishga kirishilib, avvalo, "Ta'lim to`g`risida"gi Qonnun, so`ngra "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ulug`vor sohasi deb e`lon qilindi.

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    • Karimov I. A. O`zbekiston: miliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston. 1996.
    • Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. O`zbekiston. 1996.
    • Karimov I. A. Bunyodkorlik yo`lidan. T. O`zbekiston. 1996.
    • Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O`zbekiston. 2002.

    E'tiboringiz uchun raxmat!
    Download 19.24 Mb.




    Download 19.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar

    Download 19.24 Mb.