• Umurtqasiz hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion o‘zgarishlar.
  • Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
    Jadvalni to‘ldiring.
     Hayvonlar
     Nafas olish sistemasining tuzilishi
    Baliqlar
    Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
    Sudralib yuruvchilar
    Qushlar
    Sutemizuvchilar
    42-§. HAYVONLARNING QON AYLANISH ORGANLARI 
    EVOLUTSIYASI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
    Hayvonlar uchun qon aylanish organ-
    lari ning qanday ahamiyati bor? Odamning qon aylanish sistemasiga 
    qanday organlar kiradi? 
    Barcha tirik organizmlar o‘z-o‘zini boshqaradigan, o‘z-o‘zini barpo 
    etadigan, dinamik ravishda rivojlanadigan ochiq biologik sistemalardir. 
    Ochiq biologik sistema deyilganda, tashqi muhitdan tinimsiz ravishda 
    kerakli, zarur moddalarning qabul qilinishi, keraksiz moddalarning ayirib 
    chiqarilishi, ya’ni moddalar almashinuvi tushuniladi. Mazkur jarayonda 
    barcha organlarni yaxlit tizimga birlashtirib turadigan doim harakatda 
    bo‘ladigan organizmning ichki muhiti muhim o‘rin tutadi.
    Yuksak tuzilishga ega organizmlarda qon, limfa, to‘qima suyuqligi,
    hujayralar tarkibidagi sitoplazma organizmning ichki muhitini tashkil etadi. 


    218
    Ichki muhitning asosiy qismini qon tashkil etib, u transport, gumoral 
    boshqarish, termoregulatsiya, himoya vazifalarini bajaradi.
    Qon aylanish sistemasi boshqa a’zolar sistemasi kabi uzoq davom etgan 
    filogenezning mahsuli hisoblanadi. Qon suyuq biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, 
    u plazma va qonning shaklli elementlaridan tashkil topadi. 
    Organizmlarning embrional rivojlanishida qon va qon aylanish 
    sistemasining a’zolari mezodermadan rivojlanib, oziq modda, kislorod va 
    ayirish mahsulotlarini tashish vazifasini bajaradi.
    Umurtqasiz hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion 
    o‘zgarishlar. 
    Tuban umurtqasiz hayvonlar (g‘ovaktanlilar, kovakichlilar
    yassi chuvalchanglar)da qon aylanish sistemasi yo‘q. Ularda kislorod va 
    oziq moddalar tanaga diffuziya yo‘li bilan tarqaladi. Qon aylanish sistemasi 
    dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Ularda qon tomir sistemasi 
    tana bo‘ylab ketgan orqa va qorin qon tomiridan iborat. Ular o‘zaro halqa 
    qon tomirlari bilan tutashgan. Qon orqa qon tomiridan oldinga, qorin qon 
    tomiridan orqaga oqadi. Halqum atrofidagi halqa qon tomirlari qisqarib, 
    «yurak» vazifasini bajaradi. Qon yirik qon tomirlaridan mayda qon 
    tomirlariga, ulardan esa kapillarlarga o‘tadi. Terida kislorod bilan to‘yinadi. 
    Qoni qizil, lekin temir gemoglobin tarkibida emas, balki plazmada erigan 
    holda bo‘ladi. Qon aylanish sistemasi yopiq.
    Yurak dastlab molluskalarda paydo bo‘lgan. Yurak, yurak oldi xaltasi 
    ichida joylashgan. Yurak bo‘lmachasi va qorinchasi galma-gal qisqarib, qon 
    tomirlarga oqadi. Qon tomirlari ko‘p marta shoxlanib, mayda tomirlarga 
    ajratadi. Tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon ichki a’zolar oralig‘idagi 
    bo‘shliqqa quyiladi. U yerda kislorodni to‘qimalarga berib, karbonat angidrid 
    bilan to‘yinadi. Organlar oralig‘idan qon yana tomirlarga yig‘iladi va o‘pka 
    yoki jabrada kislorodga to‘yinib, yurak oldi bo‘lmasiga quyiladi. Boshoyoqli 
    molluskalarda yurak bitta qorincha va ikki yoki to‘rtta bo‘lmachadan iborat. 
    Bo‘g‘imoyoqlilarda ham qon aylanish sistemasi ochiq. Qon tana 
    suyuqligi bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi. Qisqichbaqasimonlarda 
    yurak besh qirrali bo‘lib, boshko‘krakning orqa tomonida joylashgan. 
    O‘rgimchaksimonlarning yuragi qorin bo‘limining orqa tomonida joylashgan. 
    Kislorodga to‘yingan qon yurakdan tomirlarga chiqib, tana bo‘shlig‘iga 
    quyiladi. Kislorod va oziq moddani to‘qimalarga beradi, karbonat angidrid 
    va ayirish mahsulotlarini olib, nafas olish organiga boradi. Kislorodga 
    to‘yinib, teshiklar orqali yana yurakka quyiladi.


    219

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish