• Hayvon tiplari Aromorfozlar
  • Hayvon turlari Idioadaptatsiyalar
  • ATAMALAR IZOHI Abiotik omillar
  • Antropogen omillar – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. Arogenez
  • Aerenxima (yunoncha – «аeg» – havo, «knchyma» – to‘qima) – suv va botqoqlikda o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima. Amensalizm
  • 1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Lаbоrаtоriya jihоzlаri:
    baliq, suvda hamda quruqlikda yashovchi hayvon-
    larning ho‘l preparatlari, sudralib yuruvchi, qush, sutemizuvchi hayvonlarning 
    mulyajlari.
    Ishning borishi:
    1. Baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, 
    sutemizuvchilarning tuzilishini o‘rganing. Ulardagi aromorfoz va idioadaptatsiyalarni 
    aniqlang. 
    2. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to‘ldiring.
    Hayvon tiplari
    Aromorfozlar
    Baliqlar
    Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
    S
    udralib yuruvchilar
    Qushlar
    S
    utemizuvchilar
    3. Har bir tipga mansub biron-bir hayvon turi misolida idioadaptatsiyalarni 
    aniqlang. 
    Hayvon turlari
    Idioadaptatsiyalar
    Elektr skat
    Yashil qurbaqa
    O‘rta Osiyo toshbaqasi
    Oq laylak
    Ko‘k kit
    4. 
    B
    ajarilgan ish yuzasidan xulosa chiqaring.


    233
    ATAMALAR IZOHI
    Abiotik omillar 
    (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik orga-
    nizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy 
    qismlari.
    Agroekosistema 
    (yunoncha – «agros» – dala) inson tomonidan qishloq xo‘jalik 
    mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar.
    Adaptatsiya
    (lot. «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan 
    yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi.
    Allogenez
    (yunoncha – «allos» – o‘zgacha, boshqa, «genesis» – rivojlanish) orga-
    nizm larda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi-xususiyatlar asosida 
    xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish.
    Antropogen omillar
    – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va 
    boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi.
    Arogenez
    (yunoncha – «airo» yuksalish, «genesis» – rivojlanish) organizmlarning 
    tuzilishida yirik o‘zgarishlar – aromorfozlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq evolutsion 
    yo‘nalish. 
    Aerenxima
    (yunoncha – «аeg» – havo, «knchyma» – to‘qima) – suv va botqoqlikda 
    o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima.
    Amensalizm
    – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning 
    faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning 
    o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish