• 44-§. HAYVONLARNING AYIRISH VA JINSIY ORGANLARI EVOLUTSIYASI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet168/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling:
     
    hazm vakuolasi, qizil-
    o‘ngach, o‘rta ichak, orqa ichak, anal teshigi, o‘t qopi, jigar, entoderma, 
    ektoderma.
    Bilimlaringizni qo‘llang.
    1. Umurtqasiz hayvonlarda ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishini tushuntirib 
    bering.
    2. Baliqlar bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning hazm sistemasidagi 
    o‘xshashlik va farqlarni aniqlang.
    3. Sudralib yuruvchilar bilan qushlarning hazm sistemasi o‘rtasidagi o‘x-
    shashliklar va farqlarni aytib bering.
    4. Qushlar bilan sutemizuvchilarning hazm sistemasidagi o‘xshashlik va farq-
    larni tushuntirib bering.
     
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
    Jadvalni to‘ldiring.
     
    Odamning ovqat hazm qilish sistemasi
    Ovqat hazm qilish sistemasining bo‘limlari
    Bo‘limning organlari
    Vazifalari 
    O‘
    z fikringizni bildiring.
     
    Hayvonot olamida ovqat hazm qilish a’zolarining o‘zgarishi qanday omillar 
    bilan bog‘liq deb o‘ylaysiz.
    44-§. HAYVONLARNING AYIRISH VA JINSIY ORGANLARI 
    EVOLUTSIYASI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
    O‘zlashtirgan bilimlaringizga asosla-
    nib, tirik organizmlar uchun ayirishning ahamiyati haqida gapirib 
    bering. Odamning ayirish a’zolariga nimalar kiradi? Jinsiy a’zolarning 
    ahamiyati haqida gapirib bering.
    Organizmlarning tashqaridan qabul qilgan oziq moddalari ovqat hazm qilish 
    sistemasida muayyan mexanik va kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi va o‘zlash-
    tiriladi, ularning modda va energiya almashinuvi jarayonida ishtirok etishidan 
    hosil bo‘lgan qoldiq moddalar ayirish organlari yordamida ajratib chiqariladi. 
    Bir hujayrali hayvonlarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq 
    moddalar va ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolalar yordamida tashqariga chiqariladi. 
    Infuzoriyalilarda ayirish a’zosining tuzilishi biroz murakkablashgan, har 
    bir qisqaruvchi vakuola – yig‘uvchi uzun naycha, pufakcha va chiqarish 


    227
    naychasidan iborat. Ortiqcha suv va keraksiz moddalar yig‘uvchi naycha 
    orqali vakuola pufakchasiga yig‘iladi. Pufakcha devori qisqarib, chiqarish 
    naychasi yordamida tashqariga chiqarib yuboriladi. 
    Bo‘shliqichlilarda maxsus ayirish a’zosi bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvi-
    ning mahsulotlari entoderma qavati hujayralarining qisqaruvchi vakuolalari 
    yordamida tana bo‘shlig‘iga, u yerdan tashqi muhitga chiqariladi. 
    Yassi chuvalchanglarda ayirish sistemasi protonefridiylar (oddiy buyrak)
    dan iborat. Protonefridiylar parenximada joylashgan uchi berk bir qavatli 
    epiteliy to‘qimalardan iborat tarmoqlangan naychalardan boshlanadi. 
    Naychalar yirik naychaga kelib tutashadi. Tana bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan 
    suyuqlikdagi ortiqcha suv va zaharli moddalar diffuziya jarayoni orqali yirik 
    naylarga yig‘iladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. 
    To‘garak chuvalchanglarda ayirish sistemasi tana bo‘ylab joylashgan 
    ikkita uzun naydan iborat. Uzun naylar bosh tomonda o‘zaro tutashib «bo‘yin 
    bezlari»ni hosil qiladi va ular ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi.
    Halqali chuvalchanglarda har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan metanef-
    ridiylar joylashgan. Naychaning tana bo‘shlig‘ida turgan qismi voronkasimon 
    kengaygan, kiprikli bo‘ladi. Kipriklarning harakati tufayli keraksiz mahsulotlar 
    voronkaga yig‘iladi va naychadan tashqariga chiqarib yuboriladi.
    Molluskalarda ayirish sistemasi tasmasimon buyraklardan iborat. Buyraklarning 
    tuzilishi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o‘xshash bo‘ladi. Kipriklar 
    bilan qoplangan voronkasimon uchi yurak oldi bo‘lmasiga, ikkinchi uchi esa 
    mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Metanefridiylarning bir uchi yurak oldi bo‘lmasiga 
    tutashishi qon tarkibidagi moddalar almashinuvining qoldiqlarini diffuziya 
    natijasida ajratib olib, mantiya bo‘shlig‘iga chiqaradi. Molluskalarda ayirish tizimi 
    bilan qon aylanish o‘rtasida bog‘liqlik vujudga kelgan. 
    Umurtqasiz hayvonlar ichida yuksak tuzilishga ega bo‘lgan bo‘g‘imoyoq lilar 
    tipining vakillarida ayirish sistemasi har bir sinf uchun o‘ziga xos tuzilishga 
    ega. Masalan, qisqichbaqasimonlarda ayirish bir juft yashil bez va ularning 
    naychalaridan iborat. Bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida 
    joylashadi. Naychalar esa kalta mo‘ylovlar asosida tashqariga ochiladi. 
    O‘rgimchaksimonlar ayirish sistemasi bir juft shoxlangan malpigi 
    naychalaridan iborat. Malpigi naychalari ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Ayirish 
    mahsulotlari kristall holda orqa ichak orqali tashqariga chiqariladi. Bu 
    o‘rgimchaklarda suvni tejab sarflashiga yordam beradi. Hasharotlarda ayirish 
    sistemasi malpigi naychalaridan iborat.
    Shunday qilib, umurtqasiz hayvonlarda alohida ayiruv organlari shakl langan 


    228
    bo‘lsa-da, mazkur sistema funksional jihatdan unchalik mukammal emas. Chunki 
    ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan tutashmaganligi sababli ayirish 
    mahsulotlari, avvalo tana bo‘shlig‘iga, so‘ngra esa tashqariga ajratiladi. Natijada 
    tana bo‘shlig‘ida har doim ma’lum miqdorda qoldiq moddalar saqlanib qoladi.
    Boshskeletsizlarda ayirish tana bo‘ylab joylashgan metanefrediylardan 
    iborat. Har bir metanefrediy tana bo‘shlig‘iga va umumiy teshik orqali jabra 
    oldi bo‘shlig‘iga ochiladi. 
    Umurtqali hayvonlarda ayiriladigan moddalar buyraklardan tashqari, teri 
    va o‘pkalar orqali ham chiqariladi. Buyraklar asosiy ayirish a’zosi bo‘lib, 
    filogenezda uchta bosqichni o‘taydi. 
    Birinchi bosqichda boshlang‘ich buyrak – baliq va suvda hamda 
    quruqlikda yashovchilarning lichinkasida bo‘ladi. 
    Ikkinchi bosqichda – birlamchi buyrak yoki tana buyragi voyaga yetgan 
    baliq va baqalarda uchraydi. 
    Uchinchi bosqich – haqiqiy buyrak sudralib yuruvchilar, qushlar va 
    sutemizuvchilarda uchraydi (75-rasm).
    Baliqlarda ayirish bir juft tasmasimon buyraklardan iborat bo‘lib, umurtqa 
    pog‘onasining yon tomonida joylashgan. Mazkur buyraklarning old qismi 
    faqat embrional davrda ahamiyatga ega bo‘lib, yetuk baliqda rudimentga 
    aylangan. Boshlang‘ich buyrak sodda tuzilgan, kalta kanalchalardan iborat 
    va qon aylanish sistemasi bilan bog‘lanmagan. Ayirish mahsulotlari tana 
    bo‘shlig‘iga va u yerdan tashqariga chiqariladi. 
    Yetuk baliqda ayirish vazifasini tana buyraklari bajaradi. Tana buyraklari 
    boshlang‘ich buyrak hisoblanib, unda Shumlyanskiy-Bauman kapsulasi va 
    Malpigiy tuguni paydo bo‘lgan. Shu tariqa ayirish sistemasi va qon aylanish 
    o‘rtasida aloqa paydo bo‘lgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda voyaga 
    yetganda birlamchi tana buyraklari bo‘lib, ular urg‘ochi baqada faqat siydik 
    ayirish vazifasini, erkaklarida esa yana urug‘ yo‘li vazifasini ham bajaradi.
    Yuqori darajada tuzilgan umurtqalilarda (qushlarda, sutemizuvchilarda) 
    boshlang‘ich buyrak va birlamchi buyraklar faqat embrional davrdagina 
    bo‘lib, keyin rudiment holga keladi. Voyaga yetganda esa, ikkilamchi 
    buyrakdan haqiqiy buyraklar hosil bo‘ladi. Ikkilamchi buyraklarning tana 
    bo‘shlig‘idan aloqasi uzilib, qon aylanish sistemasi bilan bog‘liqligi ortadi. 
    Buyrakdagi nefronlar soni ham ortib boradi. Sutemizuvchilarda buyrakdan 
    tashqari o‘pka va ter bezlari ayirish vazifasini bajaradi.
    Odam embrionining 3-hafta boshida boshlang‘ich buyraklar, 3-hafta 
    oxirida birlamchi buyrak, 2 oyligidan boshlab tug‘ilguncha haqiqiy buy-


    229
    raklar shakllanadi. Odamlarda buyraklar ayirishdan tashqari, gomeostazni 
    ta’minlashda, qon hajmini boshqarishda, qon bosimini me’yorida ushlashda, 
    yog‘, oqsil, karbon suv va vitaminlar almashinuvida ham ishtirok etadi. 
    Shunday qilib, ayirish organlarining evolutsiyasida ayirish sathining 
    kattalashishi, ayirish mahsulotlarini to‘la va tez chiqarib tashlash bilan birga 
    suv va kerakli moddalarni organizmda saqlab qolishga imkon bergan.
    Ayirish sistemasi filogenetik jihatdan jinsiy sistema bilan bog‘langan 
    bo‘ladi. Ayniqsa, bu umurtqalilar evolutsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
    Ko‘p hujayrali tuban hayvonlar (bo‘shliqichlilar)da jinsiy a’zolar sistemasi 
    rivojlanmagan. Lekin ektoderma hujayralaridan jinsiy hujayralar hosil bo‘lib, 
    noqulay sharoitda (gidrada) jinsiy ko‘payadi. Meduzalarda esa jinsiy va 
    1
    3
    А
    E
    F
    В
    С
    D
    3
    3
    3
    4
    2
    2
    2
    2
    1
    1
    2
    3
    5
    5
    6
    4
    3
    2
    6
    4
    1
    1
    1
    A. Protonefridiy: 1 – alangasimon hujayra; 2 – kiprikchalar; 3 – ayirish kanalchasi.
    B. Metanefridiy: 1 – kiprikchali voronka; 2 – kanal; 3 – siydik pufagi.
    C. Yashil bezlar: 1 – yashil bezcha; 2 – kalavasimon kanal; 3 – siydik pufagi.
    D. Malpigi naylari: 1 – o‘rta ichak; 2 – malpigi naychalari; 3 – orqa ichak; 4 – to‘g‘ri ichak. 
    E. Tana buyraklari: 1 – tana bo‘shlig‘i; 2 – buyrak kesmasi; 3 – qon; 4 – kiprikchali vo
    -
    ronka; 5 – nefron kapsulasi; 6 – ayirish kanalchasi. 
    F. Haqiqiy buyraklar: 1 – tana bo‘shlig‘i; 2 – buyrak; 3 – qon; 4 – nefron kapsulasi; 
    5 – 
    G
    enle halqasi; 6 – kalavasimon kanalcha.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish