• Sonlar piramidasida
  • Biomassa piramidasi
  • 1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Ekologik piramida
    ekosistemadagi 
    produtsentlar va har xil darajadagi konsumentlar (o‘txo‘rlar, yirtqichlar)ning o‘zaro 
    nisbatini aks ettiruvchi grafik tasvirdir. Ekologik piramida asosini birinchi trofik 


    104
    daraja – produtsentlar tashkil etadi, undan so‘ng ikkinchi trofik darajani – birinchi 
    tartib konsumentlari tashkil etadi va h.k. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan 
    sari individlar soni kamayadi, lekin ularning tana o‘lchami kattalashib boradi. Bir 
    darajadan keyingisiga 10 % energiya o‘tgani uchun ekologik piramidaning asosi 
    keng, yuqorisi esa cho‘qqili o‘tkir bo‘ladi. (
    27-
    rasm.).
    Tabiatda har xil ekologik piramidalar uchraydi: 1) sonlar piramidasi – har 
    bir trofik darajada individlar sonini aks ettiradi; 2) biomassa piramidasi – har 
    bir trofik darajadagi tirik moddaning umumiy quruq massasini aks ettiradi
    3) energiya piramidasi – trofik darajalarda energiya oqimini aks ettiradi. 
    Sonlar piramidasida
    ekosistemadagi
     
    har bir
     
    trofik darajadagi individlar 
    umumiy soni ko‘rsatiladi. Unga binoan oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan ke-
    yingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi. Chunki yirtqichlar tanasi 
    ularning o‘ljalaridan ancha yirik va yirtqich hayotini ta’minlash uchun bir 
    qancha miqdordagi o‘lja kerak bo‘ladi. 
    O‘rmon ekosistemalarida produtsentlarni daraxtlar, birlamchi tartib 
    konsumentlarni o‘simlikxo‘r hasharotlar tashkil etib, konsumentlarning soni 
    produtsentlardan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun bunday ekosistemalarning 
    sonlar piramidasi teskari, ya’ni asosi ingichka, yuqori qismi keng bo‘ladi. 
    Biomassa piramidasi
     
    ekosistemaning har bir trofik darajalaridagi 
    organizmlar biomassalarining nisbatini ko‘rsatadi. Quruqlik ekosistemalarida 
    produtsentlarning umumiy biomassasi oziq zanjirining boshqa trofik darajalari 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish