• Energiya piramidasi
  • -rasm.  Ekologik piramida qoidasi  –




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    27-rasm. 
    Ekologik piramida qoidasi 
    – 
    oziq darajalarida moddalar va energiyaning pro
    -
    gressiv kamaya borishini aks ettiruvchi qonuniyat.
    100 kg
    1000 kg
    10 kg
    1 kg


    105
    biomassasidan ko‘p. O‘z navbatida birinchi tartib konsumentlarining umumiy 
    biomassasi ikkinchi tartib konsumentlarining umumiy biomassasidan ko‘p 
    bo‘ladi. Agar organizmlar tanasining o‘lchamlari bir-biridan juda katta farq 
    qilmasa, odatdagi tipik piramida hosil bo‘ladi. Agar quyi trofik darajalardagi 
    organizmlar tana o‘lchamlari yuqori trofik darajadagi organizmlardan kichik 
    bo‘lsa, teskari piramida hosil bo‘ladi. Masalan, suv havzalari ekosistemalarida 
    produtsentlar (fitoplankton) tana o‘lchami ancha kichik, hayot sikli qisqa, 
    mahsuldorligi yuqori, lekin ularning umumiy biomassasi birinchi tartib 
    konsumentlari biomassasidan har doim kam bo‘ladi. 
    Sonlar va biomassa piramidalari ekosistemaning turg‘un (statik) holatini, 
    ya’ni organizmlar soni va biomassasining ma’lum vaqt oralig‘idagi holatini 
    aks ettiradi. Bunday piramidalar ba’zi amaliy vazifalarni, ayniqsa ekosiste-
    maning turg‘unligini saqlashga qaratilgan vazifalarni hal etish imkonini bersa-
    da, ekosistemalarning trofik strukturasi haqida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. 
    Masalan, sonlar piramidasi ov mavsumida baliq yoki boshqa hayvon larni salbiy 
    oqibatlarsiz qancha miqdorda ovlash mumkinligini hisoblashga imkon beradi. 
    Energiya piramidasi
    har bir trofik darajada oziq tarkibidagi energiya miqdorini 
    aks ettiradi. Ekologik piramidalar orasida energiya piramidalari ekosistemaning 
    funksional holati haqida to‘liq ma’lumot beradi. Chunki organizmlar soni va 
    biomassasi ularda to‘plangan energiya miqdori bilan emas, balki ekosistema 
    mahsuldorligi, biomassaning o‘sish tezligi bilan bog‘liq. Ekosistemaning aynan 
    shu vaqtdagi organizmlar soni va ularning massasini, ya’ni statik holatini ifoda 
    etadigan son va biomassa piramidalaridan farq qilib, energiya piramidalari oziq 
    zanjiri orqali energiyaning o‘tish dinamikasini aks ettiradi. 
    Energiya piramidasiga organizmlarning tana o‘lchamlari, ulardagi 
    metabolizm jarayonlarining intensivligi ta’sir etmaydi, shuning uchun 
    energiyaning barcha manbalari to‘g‘ri hisobga olinsa, piramida tipik shaklga 
    ega bo‘ladi. Ekologik piramida qoidasiga binoan, quyi trofik darajadan 
    yuqori darajaga energiyaning 10% i o‘tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi 
    trofik darajalarning umumiy soni oltitadan oshmaydi. 
    Biologik mahsuldorlik qonuniyatlarini bilish, energiya oqimini miqdoriy 
    jihatdan hisob-kitob qilish imkoniaytining mavjudligi inson tomonidan 
    sayyoramizdagi asosiy oziq manbalari hisoblanadigan tabiiy va sun’iy 
    ekosistemalardan unumli foydalanishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 
    Shu asosda ko‘p miqdorda birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikni 
    oshirishda insonning xo‘jalik hamda tabiatdagi biologik xilma-xillikni 
    saqlash borasidagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish mumkin. Ekosistemalarning 
    dinamik holatini buzmasdan, mahsuldorligiga ziyon yetkazmasdan ulardagi 


    106
    o‘simliklar va hayvonlar biomassasidan oqilona foydalanish zarurligini har 
    birimiz tushunishimiz zarur. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish