• Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Biogeotsenoz va ekosistemalarning o‘xshashlik va farqini aniqlang. Jadvalni to‘ldiring. Biogeotsenoz xususiyatlari
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: biogeotsenoz, biotsenoz
    biotop, biogeokimyoviy sikl, mikroekosistemalar, makroekosistemalar, mezoeko-
    sistemalar, global ekosistema.
    Bilimlaringizni qo‘llang. 
    1. Ekosistema va biogeotsenozga ta’rif bering. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va 
    farqlarni aniqlang.


    18
    2. Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aytib bering? Ularning ahamiyati nimadan 
    iborat?
    3. «Biotsenoz» va «biotop» tushunchalariga ta’rif bering. 
    4. Ekosistemada organizmlarning qanday funksional guruhlari mavjud? 
    5. Ekosistemadagi turli funksional guruhlarga kiruvchi organizmlar ahamiyatini 
    ko‘rsating.
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
    Biogeotsenoz va ekosistemalarning o‘xshashlik va farqini aniqlang. Jadvalni 
    to‘ldiring.
    Biogeotsenoz xususiyatlari
    O‘xshashligi
    Ekosistema xususiyatlari
    4-§. EKOSISTEMALARNING TARKIBIY QISMLARI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
    . Biogeotsenozlar biosistema sifatida 
    qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
     
    Har qanday o‘lchamdagi majmualardan iborat ekosistemadan farqli 
    ravishda biogeotsenozlar aniq hudud bilan chegaralangan. Ana shunday 
    ayrim farqlar mavjudligiga qaramay «biotsenoz» va «jamoa», «biogeotsenoz» 
    va «ekosistema» tushunchalari bitta tabiiy hodisa – hayotning turdan yuqori 
    tuzilish darajasidagi biologik sistemalar hisoblanadi. 
    Ekosistema ikkita tarkibiy qism – muhit sharoitlari (biotop) va Yer 
    yuzida moddalarning davriy aylanishi hamda energiya oqimini ta’minlovchi 
    uchta funksional guruhga birlashadigan tirik organizmlar (biotsenoz)dan 
    tashkil topgan.
    Biotop
    (yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy yoki yashash joyi), 
    nafaqat jamoaning egallagan joyi, balki jamoa hayotini belgilovchi muhit 
    omillarining o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq kompleksidir. Tirik organizmlar o‘z 
    hayotiy faoliyatlari davomida muhitning abiotik shart-sharoitlari (ekotop)ga 
    o‘z ta’sirini o‘tkazib, uni biotopga aylantiradi. 
    Ekosistemaning abiotik muhiti (ekotop)ni notirik tarkibiy qismlar – 
    klimatop (yorug‘lik, harorat, namlik, havo va boshq.) va tirik organizmlar 
    faoliyati natijasi hisoblangan tarkibiy qism – edafotop (tuproq) tashkil etadi. 
    Ekotop tirik organizmlar tomonidan hali o‘zgarmagan, o‘z tuprog‘i, iqlimiga 


    19
    ega ma’lum hudud hisoblanadi. Ekotopga vulqon otilishi natijasida yangidan 
    paydo bo‘lgan hududlarni yoki yangi paydo bo‘lgan korall orollarini misol 
    qilib keltirish mumkin. Tirik organizmlar tomonidan o‘zgartirilgan ekotop 
    yoki ma’lum turdagi o‘simlik va hayvon turlari yashaydigan hudud biotop 
    deb ataladi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish