• Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling
  • Biogeotsenozlarning rivojlanish xususiyati




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Biogeotsenozlarning rivojlanish xususiyati ularning tuzilishi hamda 
    faoli yatida o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Biogeotsenozlardagi 
    o‘zgarishlar davriy (siklik) va tadrijiy (izchil) bo‘ladi. Davriy o‘zgarishlar 
    muhit omillarining sutkalik, mavsumiy o‘zgarishlari, shuningdek bioritmlar 
    bilan belgilanadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida biotsenozlar dastlabki 
    holatiga qaytadi. Tadrijiy o‘zgarishlar esa bir biotsenozning asta-sekin 
    boshqasi bilan almashinuviga olib keladi. 
    Bir biotsenoz o‘rnini boshqa biotsenoz egallashi ekologik suksessiya 
    (lotincha «successio» – izchillik, ketma-ketlik) deb ataladi.
    Suksessiya
    – biotsenoz (ekosistema)larni tashkil etgan turlarning tarkiban 
    o‘zgarishi va jamoa tarkibiy tuzilishining izchillik asosida o‘rin almashinishi 
    natijasida vujudga keladi.
    Shunday qilib, biogeotsenoz biotsenoz va biotopning majmuasi bo‘lib, 
    unda moddalarning va energiyaning davriy aylanishi amalga oshadi. 
    Produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar ekosistemalarning funksional 
    tarkibiy qismlari hisoblanadi.


    22
    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: ekotop, klimatop, eda fotop, 
    fitosenoz, zoosenoz, mikrobiotsenoz, produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar.
    Bilimlaringizni qo‘llang. 
    1. «Biogeotsenoz» va «ekosistema» tushunchalarini taqqoslang. Ular o‘rtasidagi 
    umumiylik va farqni aniqlang. 
    2. Produtsentlarning ekosistemadagi ahamiyatini aytib bering? Fototrof va 
    xemotrof organizmlarga misol keltiring. 
    3. Redutsentlarning ekosistemadagi vazifalarini misollar asosida izohlang.
    4. Biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini tiklashi va barqarorligi kabi ko‘rsatkichlarining 
    mohiyatini tushuntiring.
    5. Biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini boshqarishi deganda nimani tushunasiz?

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biogeotsenozlarning rivojlanish xususiyati

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish