• Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida.
  • O‘simlik va hayvonlarning tuproqda hayot kechirishga moslanishi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    O‘simlik va hayvonlarning tuproqda hayot kechirishga moslanishi. 
    Quruq iqlim sharoitlarida o‘sadigan o‘simliklarda suv tanqisligi kuzatiladi. 
    Kuchli darajada sho‘rlangan tuproq tarkibidagi eritmaning osmotik 
    bosimi yuqori bo‘lgani tufayli osimliklar uchun bunday tuproqdan suvni 
    2 – Biologiya 11


    34
    o‘zlashtirishi qiyin. Sovuq iqlim mintaqalarida tuproqning namligi yetarli 
    bo‘lsa-da, o‘simliklar suv tanqisligiga moslashadi, chunki sovuq harorat 
    ildiz tizimining normal faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiladi. 
    Evolutsiya jarayonida hayvonlarda tuproqda yashash uchun bir qancha 
    moslanishlar paydo bo‘lgan. Tuproqda hayot kechiruvchi hayvonlar tanasi 
    birmuncha ixchamligi, pishiq va nam yuqtirmaydigan yoki shilimshiq modda 
    bilan qoplangan teri qoplamiga egaligi, ko‘rish organlari rivojlanmaganligi 
    bilan xarakterlanadi. Ularda tuproqda harakatlanish uchun turli moslamalar 
    rivojlangan. Masalan, buzoqbosh va krotlar tuproqni qazib, o‘zlariga yo‘l 
    ochib uya quradi. Yomg‘ir chuvalchangi esa tuproq zarralarini surib o‘ziga 
    yo‘l ochadi. Yer qazuvchi hayvonlarning kuraksimon oyoqlari, yomg‘ir 
    chuvalchangining tayanch funksiyasini bajaruvchi gidrostatik skeleti va 
    tanasidagi tukchalari, hasharotlar va ko‘poyoqlilarning esa tirnoqlari tuproq 
    muhitida yashashiga imkon beradi. 
    Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida. Tirik organizmlar parazit va 
    simbioz hayot kechiradigan organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. 
    Tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, shu jumladan, odam tanasi 
    boshqa organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Bir organizm 
    7-rasm. 
    Tuproqda yashovchi organizmlar.


    35
    ikkinchi organizmdan yashash muhiti sifatida foydalanishi tabiatda qadimdan 
    mavjud va keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Tanasi boshqa organizm uchun 
    yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladigan organizm xo‘jayin deb yuritiladi. 
    Parazit bakteriyalar, zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar; simbioz holda 
    yashovchi sodda hayvonlar va suvo‘tlari xo‘jayin organizmdan yashash joyi 
    va oziq manbayi sifatida foydalanadilar. 
    Simbioz munosabatlarning bir necha xil shakllari mavjud, bu bilan siz 
    keyingi mavzularda tanishasiz. Xo‘jayin organizmning ichki organlari va 
    to‘qimalarida yashovchi organizmlar endobiontlar (yunoncha «endon» – 
    ichki, «biontos» – yashovchi) deyiladi (8-rasm). 
    8-rasm. 
    Keng tasmasimon chuvalchangning hayot sikli: 1 – voyaga yetgan chuvalchang; 
    2 – yetilgan tana bo‘g‘ini; 3 – tuxumi; 4 – birinchi tartib lichinka; 4(a) – bi rinchi tartib 
    oraliq xo‘jayin (siklop); 5 – ikkinchi tartib lichinka; 5(a) – ikkinchi tartib oraliq xo‘jayin 
    (mayda baliq); 6 – uchinchi tartib lichinka; 6(a) – uchinchi tartib oraliq xo‘jayin (yirtqich 
    baliq); 7 – asosiy xo‘jayin (odam, yirtqich hayvonlar).


    36
    Tirik organizmlar tanasida yashash muhiti sifatida undan foydalanuvchilar 
    uchun yetarli suv va oziq, doimiy qulay harorat, fizik-kimyoviy ko‘rsat kich-
    lar kabi bir qancha qulayliklar bor. Lekin shu bilan birga parazit va simbiont 
    organizmlar bir qator: yashash maydonining torligi, tarqalish imkoniyatlarining 
    cheklanganligi va murakkabligi, xo‘jayin organizmning immun sistemasi 
    tomonidan himoya reaksiyalari ta’siri kabi qiyinchiliklarga ham duch keladi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘simlik va hayvonlarning tuproqda hayot kechirishga moslanishi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish