• Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
  • Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: quruqlik-havo muhiti, 
    tuproq muhiti, tirik organizmlar yashash muhiti sifatida, edafo biontlar 
    ektoparazitlar, endoparazitlar. 
    Bilimlaringizni qo‘llang. 
    1. Quruqlik muhitining komponenti sifatida havoning xususiyatlarini izohlang. 
    2. Quruqlik muhitida qanday omillar cheklovchi omil bo‘lishi mumkin? 
    3. Quruqlik muhitida yashaydigan organizmlarda evolutsiya jarayonida qanday 
    moslanishlar paydo bo‘lgan? 
    4. Tuproqning yashash muhiti sifatida xususiyatlarini ayting. 
    5. Tuproq muhitida yashaydigan organizmlarda evolutsiya jarayonida qanday 
    moslanishlar paydo bo‘lgan? 
    6. Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishining ahamiyatini aytib 
    bering. 
    7. Parazit hayot kechirishga moslanish belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
    1. Yashash muhitlari va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 
    Yashash muhitlari: A. Quruqlik muhiti. B. Suv muhiti. C. Tirik organizm. 
    Xususiyatlari: 1) mo‘tadil harorat rejimi; 2) katta zichlik; 3) nisbatan kichik 
    zichlik; 4) kislorodning kamligi; 5) haroratning keskin o‘zgarishi; 6) tuzlar 
    tarkibi; 7) oziqning mo‘l-ko‘lligi; 8) kislorodning yo‘qligi; 9) muhitning 
    katta qarshiligi; 10) kislorod miqdorining doimiyligi. 


    38
    2. Tuproq muhitida yashovchi organizmlar va ularning harakat organlari 
    o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 
    Tuproq muhitida yashovchi organizmlar. 1) krot; 2) hasharot lichinkalari;
    3) yom g‘ir chuvalchangi; 4) buzoqbosh; 5) ko‘poyoq. 
    Moslanishlar: a) tirnoqlar; b) kuraksimon oyoqlar; d) gidrostatik skelet. 
    3. Parazit organizmlarning qaysi guruhga mansubligini aniqlang. Guruhlar: 1. Pa - 
    razit o‘simliklar. 2. Parazit hayvonlar. Vakillari: a) zarpechak; b) qilbosh; 
    d) solityor; e) devpechak; f) raffleziya; g) askarida; h) rishta; i) plazmodiy.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish