• 8-§. YORUG‘LIK – MUHITNING EKOLOGIK OMILI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang .
  • Yorug‘lik muhitning abiotik omili.
  • Ultrabinafsha nurlar
  • Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
    Jadvalni to‘ldiring. 
    Abiotik omillar 
    Tarkibiy 
    qismlar
    Omilning 
    o‘simliklarga ta’siri
    Omilning
    hayvonlarga ta’siri
    Iqlim omillari
    Edafik omillar
    Topografik omillar


    47
    8-§. YORUG‘LIK – MUHITNING EKOLOGIK OMILI
     
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
    Fizika o‘quv fanidan yorug‘lik va 
    uning spektral tarkibini eslang. Tirik organizmlar hayotida yorug‘likning 
    qanday ahamiyati borligini aniqlang. 
    Yorug‘lik muhitning abiotik omili.
    Yerda hayot mavjudligining asosiy 
    sharti koinotdan yetib keladigan quyosh energiyasidir. Quyosh energiyasi 
    ekosistemalarda kechadigan biologik jarayonlarni energiya bilan ta’minlaydi. 
    Quyosh energiyasi fotosintez jarayoni uchun energiya manbayi bo‘lib 
    xizmat qiladi, organizmlarda issiqlik me’yorini saqlashda ishtirok etadi, suv 
    almashinuvini ta’minlaydi, fazoda mo‘ljal olish uchun zarur omil sanaladi. 
    Atmosferaning yuqori chegarasida quyosh doimiyligi deb ataladigan quyosh 
    nurlanishining quvvati 1380 W/m
    2
    ga tengdir. Ammo Yer yuzasiga yetib 
    keladigan quyosh nurlanishining quvvati birmuncha kamroqdir, chunki 
    yorug‘likning bir qismi atmosferada yutiladi va qaytariladi. 
    Biologik ahamiyatiga ko‘ra quyosh nuri uch xil spektrga: ultrabinafsha, 
    ko‘rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi (12-rasm).
    Ultrabinafsha nurlar (to‘lqin uzunligi 30–400 nm). Ularning tirik 
    organizmlarga ta’siri to‘lqin uzunligi va miqdoriga bog‘liq. To‘lqin uzunligi 
    (290–380 nm) bo‘lgan ultrabinafsha nurlarning kam qismigina ozon 
    ekranidan o‘tib, Yer yuziga yetib keladi. Bu nurlar bakteriyalarni nobud 
    12-rasm. 
    Quyosh spektri.
    Infraqizil nurlar
    Ko‘rinadigan nurlar
    Ultrabinafsha nurlar
    Ozon ekrani
    Atmosfera
    Yer yuzasi
    Quyosh
    nuri


    48
    qilish xususiyatiga ega. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar esa (290 nm 
    dan kam) tirik organizmlar uchun halokatli ta’sir etadi, ular ozon ekranidan 
    o‘tmaydi. Uzun to‘lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida teri pigmenti – melanin, 
    ko‘z to‘r pardasi pigmenti va D vitamin sintezlanadi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish