1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/176
Sana01.02.2024
Hajmi4,78 Mb.
#149833
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
Bog'liq
Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

9-rasm. 
Muhit omillarining tirik organizmlarga ta’siri.
Organizmning 
nobud bo‘lishi
Noqulay 
hayot zonasi
Optimum
Organizmning 
nobud bo‘lishi
Omilning ta’sir etish jadalligi
Chidamlilik chegarasi
Omilning quyi chegarasi
Omilning yuqori chegarasi
Omilning qulaylik darajasi
Biologik optimum zonasi
Noqulay 
hayot zonasi


42
Olim sharafiga ushbu qonun «Libix bochkasi» sifatida ifodalanadi. 
Bochkaga qancha suv solinsa ham u bochka devorining eng past yeridan
(10-rasm) toshib chiqaveradi, ya’ni bochka devori boshqa qismlari 
balandligining ahamiyati yo‘q. 
Libixning minimum qonuni yoki cheklovchi omil qonuni quyidagicha: 
«organizm (yoki ekosistema)ning yashab qolishini optimum chegarasidan 
eng ko‘p og‘adigan ekologik omil belgilaydi». Shuning uchun ham tur yoki 
ekosistemalar holatini ekologik jihatdan tahlil qilish va uning kelajakdagi 
holatini oldindan aytib berish uchun uning eng nozik va zaif jihatini aniqlash 
muhim hisoblanadi. 
Tirik organizm, tur, jamoaning hayotiy faoliyati va rivojlanishini susaytirib 
yoki to‘xtatib qo‘yadigan omil cheklovchi omil deb ataladi. Masalan, tuproqda 
biron-bir mikroelementning yetishmasligi o‘simlik rivojlanishining susayishiga 
va hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Shu o‘simliklar bilan oziqlanuvchi 
hasharotlar oziq yetishmasligi tufayli hobud bo‘ladi. Hasharotlar sonining 
kamayishi esa o‘z navbatida shu hasharotlar bilan oziqlanuvchi entomofag –
yirtqich hayvonlar, hasharotlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
(amfibiyalar), sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarning yashab qolishi 
va ko‘payishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Cheklovchi omillar har bir turning tarqalish arealini belgilaydi. Masalan, 
ko‘pchilik o‘simlik va hayvon turlarining shimol tomonga tarqalishini 
haroratning pastligi, yorug‘likning yetishmovchiligi cheklasa, janub tomonga 
tarqalishini esa namlikning tanqisligi cheklaydi. 
Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati va rivojlanishini ekologik 
omilning nafaqat mini mum chegarasi, balki maksimum chegarasi ham 
susaytirishi mumkin.
Turning muayyan ekologik omilga nisbatan 
chidamlilik chegaralarining kengligi shu omilga 
«evri» so‘zini qo‘shish orqali ifoda etiladi. 
Keng ko‘lamda o‘zgaruvchan muhit 
sharoitida 
yashashga 
moslashgan 
yoki 
chidamlilik chegaralari doirasi keng bo‘lgan 
o‘simlik va hayvonlar evribiontlar (yunoncha 
«eurys» – keng, «biontos» – yashovchi) 
deyiladi. Masalan, kosmopolit turlar muhitning 

Download 4,78 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish