• Soyaga chidamli o‘simliklar
  • 14-rasm. Yorug‘sevar manzarali o‘simliklar. 13-rasm.
  • Organizmlarning yorug‘likka nisbatan ehtiyojiga ko‘ra




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Organizmlarning yorug‘likka nisbatan ehtiyojiga ko‘ra 
    tasnifi. Tirik 
    organizmlarning yorug‘likka ehtiyoji turlicha. O‘simliklar yorug‘likka bo‘lgan 
    talabiga ko‘ra quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi. Yorug‘sevar o‘simliklar 
    ko‘p miqdorda quyosh energiyasini qabul qiladi. Bu o‘simliklar dasht, cho‘l, 
    o‘tloq kabi ochiq joylarda o‘sadi. Yorug‘sevar o‘simliklarga o‘t o‘simliklardan 
    zubturum, daraxtlardan saksovul, gledichiya, qarag‘ay, qayin, shumtol, yapon 
    saforasi, madaniy o‘simliklardan makkajo‘xori, oqjo‘xori (sorgo), shakarqamish 
    kabilar kiradi. Yorug‘sevar o‘simliklarning shox-shabbasi bir-biriga soya 
    solmasdan o‘sadi. Bu o‘simliklarning barg plastinkalari qalin bo‘lib, sirti mum 
    bilan qoplangan, xloroplastlarga boy, barg og‘izchalari ko‘p bo‘ladi. 


    50
    Soyaga chidamli o‘simliklar – yorug‘ joyda yaxshi o‘sadi, lekin 
    yorug‘likning yetishmovchiligiga ham bardosh bera oladigan o‘simliklar. Bu 
    guruhga nastarin, lipa, qulupnay, binafsha kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. 
    Soyasevar o‘simliklar – o‘rmonlarning quyi yaruslarida va suv havzalarining 
    tubida o‘sadigan o‘simliklar. Bu o‘simliklar kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi. 
    Soyasevar o‘simliklarga yo‘sin, plaun, qirqquloq, qirqbo‘gim, qizil va 
    qo‘ng‘ir suvo‘tlar kiradi. 
    O‘simliklarning yorug‘likka bo‘lgan talabini yaxshi bilgan holda Yer 
    sharining turli joylaridan keltirilgan madaniy va manzarali o‘simliklarni 
    ko‘paytirish mumkin (13–14-rasmlar).
    Hayvonlar yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi ekologik guruhlarga 
    ajratiladi: kunduzgi, kechqurungi va tungi hayvonlar. Bu hayvonlarning 
    Shakarqamish
    Oqjo‘xori
    Makkajo‘xori
    Anturium
    Monstera
    Giasint
    14-rasm. 
    Yorug‘sevar manzarali o‘simliklar.
    13-rasm. 
    Yorug‘sevar madaniy o‘simliklar.


    51
    faolligi sutkaning yoritilganlik darajasiga bo‘g‘liq. Kunduzgi hayvon turlari 
    ko‘pchilikni tashkil etadi (asalari, qaldirg‘och, quyon), ularning hayotiy 
    faoliyati sutkaning yorug‘ vaqtida faol kechadi. Tungi hayvonlar (bo‘ri, 
    ukki, chirildoq, suvarak) tunda faol harakatlanib, oziq izlaydi. Kechqurungi 
    hayvonlar (ko‘rshapalak, may qo‘ng‘izi) o‘z faoliyatini quyosh botgan g‘ira-
    shira vaqtda boshlaydi. Hayvonlarning rang ajrata olish qobiliyati ham 
    sutkaning qaysi vaqtida faol bo‘lishiga bog‘liq. Yirtqich sutemizuvchilar, 
    yirtqich qushlar ranglarni farq qilmaydi, kunduzgi hayvonlardan primatlar, 
    to‘tiqushlar, kolibrilar ranglarni ajrata olish qobiliyatiga ega. 
    Yer yuzining turli kengliklarida kun uzunligi bir xil emas. Ekvatorda 
    kun uzunligi yil davomida deyarli bir xil, taxminan 12 soatni tashkil etadi. 
    Ekvatordan qutblarga borgan sari kun uzunligi yil fasllariga qarab farqlanadi.
    O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi kun uzunligiga bog‘liq. 
    Bu hodisa fotoperiodizm deyiladi. Fotoperiodizm kun uzunligining mavsumiy 
    o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari hisoblanadi. 
    Fotoperiodizm yorug‘likning intensivligiga emas, balki sutkaning yorug‘ va 
    qorong‘i vaqtlarining almashinish davriyligiga bog‘liq. Fotoperiodizm tirik 
    organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning kun 
    uzunligiga bog‘liq ravishda ritmik o‘zgarishlaridir. 
    Kun uzunligiga nisbatan javob reaksiyasiga ko‘ra o‘simliklar ekologik 
    guruhlarga ajratiladi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Organizmlarning yorug‘likka nisbatan ehtiyojiga ko‘ra

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish