• Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling
  • Morfologik moslanishlarga




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Morfologik moslanishlarga sudralib yuruvchilar tanasi – tangachalar, 
    qushlarning tanasi pat, sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan 
    qoplanganligi misol bo‘ladi.
    Etologik moslanishlar.
    Hayvonlar faol harakatlanish orqali o‘zlari uchun 
    qulay yashash joylarini tanlaydilar. Hayvonlarda evolutsiya jarayonida 
    paydo bo‘lgan etologik moslanishlarga yashash uchun joy topish, uya 
    qurish, qulay yashash joylariga migratsiya qilish kabi fe’l-atvor, xatti-
    harakatlar bilan bog‘liq moslanishlar misol bo‘ladi. Cho‘l agamasi qizib 
    yotgan qumdan o‘zini himoya qilish maqsadida butalarning shoxiga chiqib 
    olsa, ko‘pchilik sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, 
    hasharotlar kunning salqin vaqtlarida isinish uchun tana holatini o‘zgartirib 
    quyoshga tutadilar. Hayvonlarning tashqi muhit harorati o‘zgarganda mosla-
    nish mexanizmlaridan biri migratsiya, ya’ni qulay haroratli joylarga ko‘chib 
    o‘tishidir. Hasha rotlar, ba’zi baliq turlari, qushlar kitlar ham yil davomida 
    migratsiyani amalga oshiradi.


    57
    Harorat tashqi muhitning muhim omili bo‘lib, sayyoramizdagi hayotning 
    saqlanishi, tirik organizmlarning yashashi, rivojlanishi, nasl qoldirishiga 
    bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: harorat, anabioz, poykilo - 
    term, gomoyoterm, issiqsevar, sovuqqa chidamli, efemer, efemeroid, termoregulatsiya.
    Bilimlaringizni qo‘llang. 
    1. Haroratning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyatini izohlang.
    2. Tirik organizmlarga haroratning ekologik omil sifatida cheklovchi ta’siri 
    qanday namoyon bo‘ladi? 
    3. O‘simliklarning turli ekologik guruhlariga xos haroratga nisbatan morfologik 
    moslanishlarga misollar keltiring. 
    4. Poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda haroratga nisbatan qanday 
    moslanishlar shakllangan? 
    5. Nima uchun issiqqonli hayvonlar turli iqlim mintaqalarida yashay oladilar? 
    Misollar bilan tushuntiring. 
    6. Past va yuqori haroratning organizmlarga ta’sirini misollar yordamida tushuntiring. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish