Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: edafik omillar,topografik
omillar, qiyalikning ekspozitsiyasi, qiyalikning tikligi.
Bilimlaringizni qo‘llang. 1. Qanday omillar edafik omillar deyiladi?
2. Edafik omillarning tirik organizmlar uchun ahamiyatini izohlang.
3. Tuproqda hayot kechiradigan organizmlarga misollar keltiring.
4. Tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ayting.
5. Topografik omillarga qanday omillar kiradi?
O‘ z fikringizni bayon eting. 1. Zoologiya darslarida olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzining relyefi hamda
tuproqning o‘simliklar va hayvonlar hayotiy faoliyatida qanday aks etishini
misollar bilan tushuntiring.
2. Yashash joyingizdagi iqlim sharoiti shu yerda uchraydigan o‘simliklar va
hayvonlar hayot faoliyatida qanday aks etadi? Misollar keltiring.
3. Insonning xo‘jalik faoliyati tuproq hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi
omil sifatida qanday namoyon bo‘ladi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.
Topografik omillar Hayvonlar uchun ahamiyati O‘simliklar uchun ahamiyati Balandlik (dengiz sathiga nisbatan)
Qiyalikning ekspozitsiyasi
Qiyalikning tikligi
2-topshiriq. V.I.Vernadskiy nima sababdan tuproqni biogen va abiogen usulda
kelib chiqqan deb aytgan? Javobingizni misollar bilan asoslang.
3-topshiriq. Tuproq hosil bo‘lishida quyidagi omillarning ahamiyatini asoslab
bering. 1) iqlim (harorat, shamol, namlik); 2) relyef; 3) organik qoldiqlar; 4) tuproqda
67
yashovchi tirik organizmlar (edafobiontlar); 5) tog‘ jinsi; 6) vaqt; 7) agrotexnik
tadbirlar (yer haydash, tuproqqa pestitsidlar solish va h.k.)
4-topshiriq. Tirik organizmlar tuproqning tarkibi hamda holatiga qanday ta’sir
ko‘r satishini tahlil qiling. Botanika, zoologiya fanlarida olgan bilimingizga tayanib
misollar bilan javobingizni asoslang.