1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/176
Sana01.02.2024
Hajmi4,78 Mb.
#149833
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176
Bog'liq
Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

21-§. SUN’IY EKOSISTEMALAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Tabiiy biogeotsenozlarning xilma-xilligi 
va tabiiy ekosistemalarning barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni aytib 
bering.
Sun’iy ekosistemalar – bu antropogen ekosistemalardir. Tarixiy rivoj-
lanish davomida inson tabiatni o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirib borgan. 
Insonlarning xo‘jalik maqsadlari tabiiy ekosistemalarni antropogen eko siste-
malarga qisman almashishiga olib kelgan – urbanoekosistema, agroeko-
sistema, ular insonning xohishlariga ko‘ra yaratiladi, saqlanadi, boshqariladi. 
Sun’iy ekosistemalar o‘zini o‘zi boshqarmaydi, o‘zini o‘zi tiklay olmaydi va 
insonning ta’sirisiz uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. 
Ular faqatgina quyosh energiyasidan foydalanibgina qolmay, inson tomo-
nidan beriladigan qo‘shimcha energiya manbalaridan ham foydalanadi. Akva-
rium, gul o‘tkazilgan tuvaklar sun’iy ekosistemalarning kichik modellaridir. 
Urbanoekosistema – (urbanoekosistema lotinchada «urbs» – shahar) 
inson tomonidan sun’iy yaratilgan va boshqariladigan ekosiste ma sanaladi. U 
insonlar ma’lum bir joyni manzilgohga aylantirishi natijasida paydo bo‘ladi. 
Bunday ekosistemalarga shaharlar, shaharchalar, qishloqlar misol bo‘ladi.
Urbanoekosistemalar tarkibiga tabiiy komponentlar (yorug‘lik, havo, suv, 
tuproq, o‘simlik, hayvon, zamburug‘, mikroorganizmlar) va inson tomonidan 
yaratilgan komponentlar (sanoat korxonalari, arxitektura qurilish obyektlari
transport, dam olish oromgohlari va yashash joylari) kiradi.
Inson tomonidan yaratilgan ikkinchi komponent shahar ekosistemasining biotik 
va abiotik qismlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina yirik shaharlarda havo 
tarkibida sanoat va avtotransport vositalari chiqindilari, hayvon, o‘simlik turlari 
sonining kamayishiga sabab bo‘luvchi karbonat angidrid va is gazi miqdori 
ortgan. Shahar muhitiga antennalar va elektr uzatish tarmoqlari hamda transport 
vositalari tomonidan keltirib chiqariladigan turli shovqinlar tas’ir ko‘rsatmoqda. 
Ular yovvoyi hayvonlarni cho‘chitadi, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlarda o‘stiriladigan o‘simliklar orasida tuproq tarkibida namlik 
yetishmasligiga va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan 
(terak, soxta kashtan, shumtol, akatsiya, gledichiya va boshqalar), havo 
tarkibidagi karbonat angidridni o‘zlashtiradigan va havoga kislorod bilan 
birga kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni nobud qiladigan fitonsidlar 
ishlab chiqaradigan o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shahar hududida 


118
o‘sadigan o‘simliklarning asosiy vazifasi organik modda hosil qilish emas, balki 
havo tarkibini me’yorida ushlab turishdir. Ular o‘zida chang va turli xil zararli 
kimyoviy mahsulotlarni ushlab qoladi va tabiiy tozalovchi vazifasini bajaradi. 
Urbanoekosistemada tarqalgan hayvonlar orasida qushlar (kaptar, chumchuq, 
qaldirg‘och va boshqalar), kemiruvchilar (kalamush, sichqon, olma xonlar), 
hasharotlar (qandalalar, suvaraklar, asalarilar va boshqalar) uchraydi. 
Shahar ekosistemasini boshqaruvchi ekologik ixtisoslashgan tashkilot larning 
bugungi kundagi vazifasi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasini
kommunal va transport sohalarini ekologizatsiya lashtirish hisoblanadi. Energiya 
sarfini kamaytirish borasida ham bir qancha muammolar o‘z yechimini topib 
bormoqda. Energiya olishda quyosh batareyalaridan va energiyani nisbatan 
kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Shu bilan birga 
suv sarfini kamaytirish, oqova suvlarni tozalash, chiqindilarni kamaytirish va
qayta ishlash kabi muammolar mavjud.
Bug‘doyzor
G‘o‘za maydoni
Olmazor
Paxtazor

Download 4,78 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish