1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/176
Sana01.02.2024
Hajmi4,78 Mb.
#149833
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176
Bog'liq
Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

To‘qaylar
daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va 
o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat. To‘qaylar daryo suvlari 
bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbekistondagi eng katta to‘qaylar Sirdaryo 
bilan Amudaryo bo‘ylarida joylashgan. To‘qaylarda o‘tlardan qamish, 
ro‘vak, shirinmiya, qo‘g‘a, yantoq keng tarqalgan; daraxt va butalardan esa 
turang‘il, yulg‘un, tol, jiyda kabilarni ko‘rsatish mumkin. Shuni ham aytish 
kerakki, Sirdaryo bilan Amudaryo suvlari kamayishi bilan uning bo‘yidagi 
to‘qaylar ham ancha qisqarib ketgan. To‘qaylar daryo sohillarini (qirg‘oqni) 
yemirilishdan saqlaydi, cho‘llarning quruq havosini ma’lum darajada 
yumshatadi va uni kislorod bilan boyitadi. Bulardan tashqari, to‘qaylar turli 
mo‘ynali va boshqa foydali hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish uchun ham 
zarur.
29-rasm. 
Cho‘l va chala cho‘l hayvonlari.
Charxilon
Oqquyruq


114
To‘qaylarda sutemizuvchilardan to‘n g‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri, 
chiyabo‘ri, tovushqon; qushlar dan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush, 
bir qozon, qirg‘ovul, qirg‘iy va boshqalar uchraydi. 
Adirlar
O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha 
bo‘lgan joylardir (30-rasm). Adirlarning tuprog‘i cho‘lga nisbatan unumdor, 
o‘simliklarning vegetatsiya davri birmuncha uzoq davom etadi. Bu 
mintaqada madaniy ekinlar sun’iy sug‘oriladi yoki lalmi ekinlar ekiladi. 
Adir o‘simliklarining ko‘pchiligi chim hosil qilib o‘sadi. Bu xususiyat 
tuproqni suv, yog‘in, shamol eroziyasidan saqlaydi. Adirlarda bo‘yimodaron, 
andiz, shirach, lolaqizg‘aldoq, qo‘ziquloq, oqquray, marmarak, kakra kabi 
o‘simliklar o‘sadi. 
Adirlarda kemiruvchilardan: sichqon, kalamush, yumronqoziq; 
tuyoqlilardan: oqquyruq, jayron; sudralib yuruvchilardan: ilonlarning bir 
qancha turlari uchraydi. Cho‘lga xos bo‘lgan ba’zi turlar (cho‘l toshbaqasi, 
kaltakesak, sariq ilon, malla yumronqoziq, echkemar va boshqalar) adirning 
quyi qismida ham yashaydi. Adirning balandlik mintaqa sida qushlardan 
burgut, miqqiy, qirg‘iy, boltayutar, ilonburgut, ukki, boyo‘g‘li, bedana, kaklik, 
so‘fito‘rg‘ay uchraydi (31-rasm).
Dengiz sathidan 1200 –1600 metrdan 2700 –2800 metrga cha balandlikda tog‘ 
o‘rmonlari
joylashgan. Tog‘ o‘rmonlarida yong‘oq, olma, tog‘olcha, do‘lana, 
3000 m
Dengiz 
sathi
Adirlar
Tog‘ o‘rmonlari
Tog‘ muzliklari
Yaylovlar
30-rasm. 
Tog‘ tabiiy geografik zonalari.


115
bodom, qatrong‘i, nok, archa, terak, qayin, kamxastak kabi daraxtlar; na’matak, 
uchqat, zirk, tobul g‘i, irg‘ay kabi butalar o‘sadi. Ko‘p yillik o‘tlar orasida lola, 
shirach, kavrak kabi muhofazaga molik turlar ham bor.
Tog‘ o‘rmonlarida o‘rmon sichqoni, tog‘ suvsari, qunduz, o‘rmon 
olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, qoplon, yovvoyi qo‘y, tog‘ 
echkisi, to‘ng‘iz, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq kabilar 
uchraydi. Qushlardan burgut, yapaloqqush, 
tasqara, kaklik, zarg‘al doq kabilar yashaydi. 
Respublikamiz hudud idagi dengiz sathi-
dan 2700 –2800 m va undan baland bo‘lgan 
barcha yerlar – yaylovlardan iborat. Yay-
lov larning havosi nihoyatda sovuq, doim 
kuchli shamol esadi. Shuning uchun bu yerda 
o‘sadigan daraxt va butalar past bo‘yli bo‘ladi.
Yaylovda yer bag‘irlab o‘sadigan daraxt-
lardan archa va butalardan irg‘ay, na’matak, 

Download 4,78 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish