|
1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limiBog'liq Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)Ignabargli o‘rmon
(tayga). U Yevrosiyoning shimoliy qismlari va
Shimoliy Amerikani o‘z ichiga oladi. Qishi uzoq va sovuq, yog‘ingarchilik miq-
dori ko‘p va asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi. Doimiy yashil ignabargli daraxt lar
hukmronlik qiladi (pixta, kedr, qarag‘ay). Hayvonot olami yirik tuyoqli sutemi-
zuvchi hayvonlar (los, kabarga), mayda o‘simlikxo‘r sutemizuvchilar (qun-
duz, olmaxon), yirtqich sutemizuvchilar (ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri, norka)dan
iborat. Bu biomlarda botqoqliklar va ko‘llar uchraydi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari.
Iqlim yil
davomida o‘zgarib turadi, qishki harorat 0°C dan past. Yirik bargli daraxtlar
(buk, lipa, eman, zarang, shumtol), butalar va o‘tlar o‘sadi. Hayvonot
orasida sutemizuvchilar (los, ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri), qushlar (qizilishton,
boyqush, qorayaloq, lochinlar) asosiy o‘rinni egallaydi. Tirik organizmlar
mavsumiy iqlim sharoitiga moslashgan. Ularda qishki uyqu, migratsiya,
tinim davri kuzatiladi. Muzlagan tuproq orqali daraxtlar suvni o‘zlashtirishi
qiyin bo‘ladi, suv bug‘latish natijasida yo‘qotilgan suv o‘rnini to‘ldira olmay
qoladi, shu sababli ayrim daraxtlar barglarini to‘kadi, ignabargli daraxtlar
barglarini to‘kmaydi, ularning barglari qalin mumdan iborat kutikula bilan
qoplangan.
Dashtlarning
iqlimi fasllar davomida o‘zgarib turadi, qish harorati 0°C
dan past. Asosan o‘tlar, qisman buta va daraxtlar o‘sadi. Hayvonlar orasida
tuyoqli hayvonlardan bizon, antilopa, sayg‘oq, kenguru, jirafa, zebra, oq
nosoroglar; mayda sutemizuvchilardan quyonlar, yumronqoziqlar, sichqonlar;
yirtqichlardan bo‘ri, sher, qoplon, gepard, giyena itlari hamda turli qushlar
uchraydi.
O‘tloqlar –
o‘simliklari asosan o‘tlardan iborat ekosistemalar. Bu
ekosistemada o‘suvchi o‘simliklar yetarli darajada namlikni talab qiladi.
O‘tloqlar namlik yetarli darajada bo‘lgan hududlar: pasttekisliklar, daryo
qirg‘og‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari tog‘ o‘tloqlari – alp
o‘tloqlari, yaylovlar mavjud.
Bu biogeotsenozlarda asosan boshoqli va boshqa gulli o‘simliklar o‘sadi.
Hayvonlar orasida hasharotlar ko‘p uchraydi. O‘tloqlardan chorvachilik va
pichan o‘rish maqsadida foydalaniladi. Hozirgi kunda dasht va o‘tloqlarning
ko‘p qismi madaniy o‘simliklar yetishtirish, shaharlar va sanoat korxonalarini
qurish tufayli o‘zlashtirilgan.
110
Sahrolar
iqlimi juda quruq, kunlari issiq, tunlari esa sovuq
ekosistemalardir. Ular yog‘ingarchilik miqdorining kamligi, harorat va
yoritilganlik darajasining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Kserofitlar o‘t
o‘simliklar, qisman butalar, efemerlar ko‘p uchraydi. Hayvonlardan xilma-
xil kemiruvchilar (tovushqonlar, yum ron qo ziqlar); tuyoqli hayvonlar (qulon,
jayron, antilopa), yirtqichlar (bo‘ri va sahro tulkisi), ko‘plab sudralib
yuruvchilar, o‘rgimchaksimonlar, hasharotlar uchraydi. Ulardan ko‘pchiligi
tunda faol bo‘ladi. Cho‘llarning ayrim qismlari inson tomonidan qishloq
xo‘jaligida foydalanish maqsadlarida o‘zlashtirilgan, bu yerlarga boshqa
hududlardan suv yetkaziladi yoki yerosti suvlaridan foydalaniladi.
|
| |