• Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
  • 19-§. TABIIY EKOSISTEMALAR Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
  • Oziq zanjiri komponentlari




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

    Oziq zanjiri komponentlari
    Umumiy massasi
    Fitoplankton
    Mayda qisqichbaqasimonlar
    Baliqlar
    Vidra
    8 kg
    Umumiy biomassa
    4-masala. Produtsentning biomassasi – 700000 kg, qarchig‘ay ning biomassasi –
    7 kg. Qarchig‘ay qaysi tartib konsument bo‘la oladi? 
    5-masala. O‘simlik – quyon – tulkidan iborat oziq zanjirida o‘simlik biomas-
    sasi 100 t. Agar bir tulkining massasi 10 kg bo‘lsa, tulkilar populatsiyasidagi 
    individlar sonini aniqlang. 
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
    1-masala. 2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi 1010 kg. 
    1-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang.
    2-masala. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, dengiz ekosistemasida
    vazni 300 kg keladigan bitta tulen uchun oziq zanjirida qancha fitoplankton, mayda 
    baliq, yirtqich baliq kerak bo‘lishini aniqlang.
    3-masala. Oziq zanjiri fitoplankton – baliqlar – baliqchi qushdan iborat. 
    Baliqchi qushning massasi 1 kg (quruq moddaning ulushi 40%)ga teng. Bir yil 
    davomida 2000 kg fitoplankton quruq massasi hosil bo‘ladigan dengizda nechta 
    baliqchi qush oziqlanishi mumkin? 
    4-masala. Oziq zanjiri o‘simlik – juft tuyoqli hayvon – bo‘ridan iborat. Ekologik 
    piramida qoidasidan foydalanib, bo‘ri oziqlanishi mumkin bo‘lgan biogeotsenozning 
    maydonini (m
    2
    ) aniqlang. O‘simliklar biomassasi 2000 g/m

    ga teng, organizmlar 
    tanasi massasi ulushining 70% ini suv tashkil etadi (bo‘rining vazni 55 kg). 
    5-masala. Ko‘rshapalakning yangi tug‘ilgan ikkita bolasining har biri 1 g mas-
    saga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning vazni 
    4,5 g ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko‘rshapalak qancha hasharotlarni tutib yeydi? 
    Shu hasharotlar oziqlanadigan o‘simliklarning massasini aniqlang. 
    19-§. TABIIY EKOSISTEMALAR
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
    . Eko sistemalar qanday qismlardan 
    tashkil topadi? Ekosistemalardagi qanday organizmlar produtsent, 
    kon su mentlar va redutsentlar deyiladi?
    Sayyoramizdagi ekosistemalar juda xilma-xil. Kelib chiqishiga ko‘ra 
    ekosistemalarning quyidagi xillari farqlanadi. 1. Tabiiy ekosistemalar – bu 


    108
    turdagi ekosistemalarda biologik o‘zgarishlar insonning bevosita ishtirokisiz 
    boradi. Masalan, dengiz, ko‘l, o‘rmon va boshqalar. Tabiiy ekosistemalar 
    tabiat omillari ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. 2. Sun’iy (antropogen) –
    ekosiste ma lar, inson tomonidan yaratilgan va inson ko‘magida faoliyat 
    yurita oladi gan ekosistemalar. Bu guruh ekosistemalariga agroekosistemalar, 
    urba noeko sistema (shahar ekosistemalari) va kosmik ekosistemalar misol 
    bo‘ladi.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish