103
kuzatiladi. Har bir trofik daraja biomassasining shakllanishiga iste’mol
qilingan
oziqning hammasi ham sarf bo‘lmaydi. Iste’mol qilingan oziqning ko‘p qismi
tirik organizmlar hayotiy jarayoni: nafas olish,
harakatlanish, ko‘payish, tana
haroratini saqlash kabilarni ta’minlash uchun sarflanadi. Undan tashqari, iste’mol
qilingan oziqning hammasi ham o‘zlashtirilmaydi, ya’ni hazm bo‘lmaydi.
Oziqning hazm bo‘lmagan qismi tashqi muhitga chiqariladi (ekskretsiya).
Oziqning o‘zlashtirilganlik darajasi oziq tarkibi va organizmning biologik
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, 12–75% ni tashkil etadi. O‘zlashtirilgan
oziqning asosiy qismi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarini ta’minlash
uchun, bir qismi esa tananing qurilishiga va o‘sishiga sarflanadi. Boshqacha
aytganda, bir trofik darajadan ikkinchisiga o‘tishda modda va energiyaning ko‘p
qismi yo‘qoladi, shuning uchun iste’molchiga modda va energiyaning o‘zidan
avvalgi trofik daraja biomassasiga qo‘shilgan qismigina o‘tadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oziq zanjirining
har bir trofik darajasida
energiyaning 90% i yo‘qoladi, faqat 10% i keyingi darajaga o‘tadi.
Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ushbu qonuniyatni «10% qoidasi»
deb ta’rifladi.
Masalan
Produtsentlar
Birinchi
tartib
konsumentlar
Ikkinchi tartib
konsumentlar
Uchinchi tartib
konsumentlar
1000
kJ
100
kJ
10
kJ
1
kJ
Bu qonunga binoan, oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan ikkinchi bo‘g‘iniga
modda va energiyaning faqat 10% i o‘tadi, qolgan 90% i dastlabki bo‘gin
tirik organizmlarining hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarflanadi. Shunday
qilib, o‘simliklar tomonidan jamg‘arilgan modda va energiya tezda sarflanib
ketadi va shuning uchun ham oziq zanjiri uzun bo‘lmaydi.
Yuqoridagi qoidadan foydalanib oziq zanjirining bir bo‘ginidagi
energiya
miqdori ma’lum bo‘lsa, har bir bo‘g‘inidagi energiya miqdorini aniqlash mumkin.
Oziq zanjirining har bir trofik darajasidagi individlar soni yoki biomassasi,
yoki undagi energiya miqdori aniqlansa, oziq zanjirining oxiriga qadar bu
ko‘rsatkichlarning kamayib borayotganini ko‘rish mumkin.
Bu qonuniyatni
ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va
ekologik
piramida qoidasi deb atagan.
Trofik darajadagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori
bir xil kattalikdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar shaklida ifodalansa va ustma-ust qo‘yib
chiqilsa, ekologik piramida hosil bo‘ladi.
Ekologik piramida ekosistemadagi
produtsentlar va har xil darajadagi konsumentlar (o‘txo‘rlar, yirtqichlar)ning o‘zaro
nisbatini aks ettiruvchi grafik tasvirdir. Ekologik piramida
asosini birinchi trofik
104
daraja – produtsentlar tashkil etadi, undan so‘ng ikkinchi trofik darajani – birinchi
tartib konsumentlari tashkil etadi va h.k. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan
sari individlar soni kamayadi, lekin ularning tana o‘lchami kattalashib boradi. Bir
darajadan keyingisiga 10 % energiya o‘tgani uchun ekologik piramidaning asosi
keng, yuqorisi esa cho‘qqili o‘tkir bo‘ladi. (27-rasm.).
Tabiatda har xil ekologik piramidalar uchraydi: 1) sonlar piramidasi – har
bir trofik darajada individlar sonini aks ettiradi; 2) biomassa piramidasi – har
bir trofik darajadagi tirik moddaning umumiy
quruq massasini aks ettiradi;
3) energiya piramidasi – trofik darajalarda energiya oqimini aks ettiradi.