Energiya piramidasi har bir trofik darajada oziq tarkibidagi energiya miqdorini
aks ettiradi. Ekologik piramidalar orasida energiya piramidalari ekosistemaning
funksional holati haqida to‘liq ma’lumot beradi. Chunki organizmlar soni va
biomassasi ularda to‘plangan energiya miqdori bilan emas, balki ekosistema
mahsuldorligi, biomassaning o‘sish tezligi bilan bog‘liq. Ekosistemaning aynan
shu vaqtdagi organizmlar soni va ularning massasini, ya’ni statik holatini ifoda
etadigan son va biomassa piramidalaridan farq qilib, energiya piramidalari oziq
zanjiri orqali energiyaning o‘tish dinamikasini aks ettiradi.
Energiya piramidasiga organizmlarning tana o‘lchamlari, ulardagi
metabolizm jarayonlarining intensivligi ta’sir etmaydi, shuning uchun
energiyaning barcha manbalari to‘g‘ri hisobga olinsa, piramida tipik shaklga
ega bo‘ladi. Ekologik piramida qoidasiga binoan, quyi trofik darajadan
yuqori darajaga energiyaning 10% i o‘tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi
trofik darajalarning umumiy soni oltitadan oshmaydi.
Biologik mahsuldorlik qonuniyatlarini bilish, energiya oqimini miqdoriy
jihatdan hisob-kitob qilish imkoniaytining mavjudligi inson tomonidan
sayyoramizdagi asosiy oziq manbalari hisoblanadigan tabiiy va sun’iy
ekosistemalardan unumli foydalanishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shu asosda ko‘p miqdorda birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikni
oshirishda insonning xo‘jalik hamda tabiatdagi biologik xilma-xillikni
saqlash borasidagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish mumkin. Ekosistemalarning
dinamik holatini buzmasdan, mahsuldorligiga ziyon yetkazmasdan ulardagi
106
o‘simliklar va hayvonlar biomassasidan oqilona foydalanish zarurligini har
birimiz tushunishimiz zarur.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling:ekologik piramida qoidasi, son piramidasi, biomassa piramidasi, energiya piramidasi.