Tropik o‘rmonlar turlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu o‘rmonlarni
harorat va yillik yog‘in miqdori yuqori darajada bo‘lgan, o‘simliklarning
o‘sishi va rivojlanishi uchun barcha sharoit yetarli bo‘lgan hududlarda
(Janubiy Amerika shimoli, Markaziy Amerika, Shimoliy Afrika, Hind va
Tinch okeanidagi orollar) uchratish mumkin. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori
2000–2500 mm. O‘simlik turlari ham juda ko‘p. Daraxtlar yarus bo‘ylab
zich joylashgan. Ildizlari tuproqqa yetib bormaydigan, daraxtlarda o‘sadigan
epifitlar, ildizi tuproqlarda bo‘lib, o‘zi daraxtlarga chirmashib to ularning eng
yuqori qismlariga yetib boruvchi lianalar ko‘p uchraydi. Tropik o‘rmonlar
hayvon turlariga boy bo‘lib, sutemi zivchilar (maymunlar, yalqovlar), qushlar
(to‘ti, kolibri), sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va
hasharotlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Tropik o‘rmonlarda yonma-yon o‘suvchi bir turga mansub o‘simliklarni
uchratish mushkul. Odatda bu o‘rmonlarda har xil turga mansub o‘simliklar
yonma-yon o‘sadi.
Hozirgi kunda o‘rmon biogeotsenozlari keskin kamayib bormoqda. Bu
esa o‘z navbatida biosferaga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.
Chuchuk suv ekosistemalari. Chuchuk suv ekosistemalari boshqa
ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni egallashiga qaramay, ularning
ahamiyati juda katta. Chunki ular Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar
hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan chuchuk suv manbayi hisoblanadi.
Suv tarkibida erigan gazlar, kislorod va karbonat angidridning miqdori
o‘zgaruvchan va u cheklovchi omil hisoblanadi.
111
Chuchuk suvda yashaydigan organizmlar hayot shakllariga ko‘ra: bentos,
plankton, nekton organizmlarga ajratiladi.
Barcha chuchuk suv havzalari tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
oqmaydigan suv havzalari – ko‘l, hovuzlar; oqadigan suv havzalari –
daryo, soy, buloqlar; botqoqlar.