Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari




Download 23.77 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.77 Kb.
#73832
1   2   3   4
Bog'liq
gtl ntjh
1, 1666984534, Umumiy pedagogika. Mansurmanova A., Fonetika 100, 10-amaliy mashg‘ulot mavzu Yarim oval elementli kichik harflar , AT 2-amaliy, Round-up-1, Nanozarrachalar va nanomateriallarni olish usullari, 4950-Текст статьи-12552-1-10-20220203, 3 лекция Оксил биосинтези
Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.

Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bolishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko'nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o'quv jarayonini amalga oshirish bilan bog'liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko'zda tutadi. Bu umumiy o'rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o'zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog'liq xatti-harakatlami hisobga olish kerakligini anglatadi.
Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlaming berilishi, o'quv fani, o'quv materiali, pedagogik faoliyat, o'quvchi shaxsi kabi komponentlarining o'zaro mosligini ko'zda tutadi.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o'quvchilaming umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o'zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog'liqdir. Buning uchun insonparvar g'oyalar umumiy ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o'z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlaming o'zaro bog'liqligi va o'zaro munosabatlari tamoyilining o'zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga yo'nalganlik tashkil etishi zarur.
Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta’limni insonparvarlashtirishdagi to'siqlami yo'qotishga imkon beradi. U ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlami birlashtirish, ketma-ketlikni o'matisb va fanlararo aloqalami o'quvchilaming idrok etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini o'sib boruvchi yo'nalishda rejalashtirishdan iborat bo'lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim awalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi. Ta’lim mazmunining muntazamliiigi tamoyili. Ushbu tamoyil o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalami yagona tizimdagi o‘mi, umumiy o‘rta ta’lim, barcha о‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ко‘rib chiqishni ko‘zda tutadi.
Ta’lim mazmunining o'quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda о‘quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga mos bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks ettiriladi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;
ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;
ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish;
o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud о‘quv dasturlariga mosligi;
ta’Um hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
ta’lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalami hisobga olish.
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. 0 ‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o'quvchilaming bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.


Adabiyotlar
1. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariuasi va amaliyoti, Toshkent-2017.
2. J. Xasanboyev va boshqalar, Pedagogika nazariyasi va tarixi, Toshkent – 2021
Download 23.77 Kb.
1   2   3   4




Download 23.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari

Download 23.77 Kb.