O‘qitish jarayonining bosqichlari




Download 23.77 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.77 Kb.
#73832
1   2   3   4
Bog'liq
gtl ntjh
1, 1666984534, Umumiy pedagogika. Mansurmanova A., Fonetika 100, 10-amaliy mashg‘ulot mavzu Yarim oval elementli kichik harflar , AT 2-amaliy, Round-up-1, Nanozarrachalar va nanomateriallarni olish usullari, 4950-Текст статьи-12552-1-10-20220203, 3 лекция Оксил биосинтези
2. O‘qitish jarayonining bosqichlari.
O‘qitish o'qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqicbidan iborat bo'lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yoiidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak.
O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:
1) o ‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalaming hosil bo‘lishi;
4) hosil qilingan ko'nikma va malakalami amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalami tarkib toptirish).
Har bir bosqich uchim o'quvchilaming muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o'qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi. O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O'quvchilaming o'rganilayotgan (yoki o'rganilishi lozim bo'lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ulaming hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g'risida umumiy tasawur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradiva ko'rsatadi.
O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish.
O'rganilayotgan obyekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi. asta-sekin chuqurlashib bomvchi anglash jarayoni davom etadi. O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalami tarkib toptirishdir. Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarnining hosil bo‘Iishi. O'quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o'zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish (kompetentsiyalami shakllantirish). Bilim, ko‘nikma va malakalami amalda qo‘llash jarayoni taiimning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.
O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san’at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bogiangan. O'qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va 0‘qituvchi rahbarlik qiladigan al ohida turidir. Bu jarayonning mohiyati - bilim, ko'nikma malaka va kompetentsiyalami hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
O‘rgatuvchilik faoliyati yoki o‘qitish, o'quvchilaming o'quv faoliyatini boshqarishdan iborat boiadi va ulami mashg'ulotlar uchun uyushtirishda, ulaming diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ulaming faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalami izchillik bilan qo‘yib borishda, ulami tekshirib borish kabilarda o‘z ifodasini topadi.
O'quv faoliyati yoki o‘qish bilim, ko'nikma va malakalami egallab olishning murakkab jarayoni boiib, o'quvchilaming intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g'ayratmi talab etadi hamda ulaming rivojlanishini rag'batlantiradi. O'qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o'quvchilaming esa faol ongli ishtirokisiz, taiim jarayonida ijobiy natijalar bo'lishi mumkin emas.
Taiim jarayonining bu ikki tomoni (o'qitish va o'qish) bir maqsad:
taiimning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o'quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir.
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
Malumki, bilish faoliyatining subyekti o'quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy- pedagogik asoslarga ega taiim markazida uning shaxsi, ongi, ham o'rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga:
o'quvchilar va uning taiim olishini tashkil etuvchi va yo'naltiruvchi o'qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan.
Ta’limda o'quvchilaming faoliyati haqida gap borganda o'quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. O'quvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo'ladi. Bu xususiyatlar o'quvchilaming faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya’ni o'quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo'lgan faol munosabati uchun harakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin.
O'quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O'quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o'quvchi jalb etilayotgan ta’lim jarayoni turlicha kechishi; subyekt (o'quvchi) kuchi faoliigi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo'lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri -- uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta’sir etadi.
O'quvchining bilishi xuddi yetuk ilmiy bilish yo'li kabi haqiqat o'qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlami o'rganish ulaming tarixiy yo'lini o'zlashtirish yordamida kechadi. Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat subyektining atrof-muhit bilan o'zaro ta’siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta aloqasidir. O'quvchilaming ta’lim muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va o'quvchining o'zi hamma vaqt ham his etmaydi - javobi uchun yomon baho olgan o'quvchining xafa bo'lib, «men o'qidim, o'rgandim! Adolatdan emas» degan fikmi qat’iy takrorlashi bejiz emas.
Bilishga qiziqish o'qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o'z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko'maklashadi. O'quvchilaming bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o'ziga xos uzoq yo'liga ega bo'lishi mumkin. Ayrim o‘quv- harakatlari ta’sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o'qishning yetakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma’naviy boyishiga ko'maklashuvchi umumiy yo‘nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning
tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o‘quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta’sir etadi.
Ma’lumki, o‘quv jarayoni modeli o‘zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o‘qituvchi faoliyati, o'quvchi faoliyati hamda o'qituvchi va taiim oluvchilarning jadal o'zaro faoliyati. O'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro harakatini konstmktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator belgilariga ko'ra tasnif etish mumkin:
yo'nalganligiga ko'ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz);
axborot jarayonining turiga ko'ra (o'zaro harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo'nalganlik darajasi);
boshqarish va axborotlami uzatish vositalari turiga ko'ra.
O'quvchilar bilimlami o'zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o'quvchilarga bilimlami sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to'g'ri bo'lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish zarur: o'quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o'zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo'tadillashgan bosqichga-o'tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o'quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o'quvchining subyektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik.
Yuqorida aytilganlami umumlashtirib, bilish faolligi ko'rsatkichi sifatida mo'tadillik, ishtiyoq, o'rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo'lishi, nostandart o'quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o'quv vazifasini hal etishdagi mustaqiliik va boshqalami aytib o'tish mumkin. O'quvchilaming o'quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo'lishi - bu rivojlanib boruvchi, o'zgaruvchan jarayon. O'qituvchi yordamida o'quvchilaming bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faoliikka, undan faol ijrochilikka o'tib boradi. Ko'p jihatdan o'quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko'tarilishi yoki ko'tarilmasdan qolishi o'qituvchiga bog'liq.


  1. Download 23.77 Kb.
1   2   3   4




Download 23.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish jarayonining bosqichlari

Download 23.77 Kb.