Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifi




Download 23.77 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.77 Kb.
#73832
1   2   3   4
Bog'liq
gtl ntjh
1, 1666984534, Umumiy pedagogika. Mansurmanova A., Fonetika 100, 10-amaliy mashg‘ulot mavzu Yarim oval elementli kichik harflar , AT 2-amaliy, Round-up-1, Nanozarrachalar va nanomateriallarni olish usullari, 4950-Текст статьи-12552-1-10-20220203, 3 лекция Оксил биосинтези
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifi

Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiuni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilami kiritish mumkin:
1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
2) jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;
3) ta’limninq maqsad va vazifalari;
4) innovatsion rivojlanish darajasi;
5) axborotlaming hajmi va ko‘lami;
6) o'quvchilaming yosh xususiyatlari.
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablami tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modemizatsiyalashni davming o‘zi pedagoglaming oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo'lsa, umumiy o'rta ta’lim maktablarining maqsadini o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish tarzidan o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalami kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o'rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o'quv-tarbiya jarayonining mohiyati o'quvchilaming ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o'quv fanlari bo'yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo'lib qolmoqda.
Bunday reproduktiv tarzda o'zlashtirilgan. ma’lumotlar o'quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o'quvchilarda juda ko'p axborotlaming behuda jamg'arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo'lislii va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko'zga tashlanmoqda.
Aniqrog'i, o'quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to'plangan axborotlamigina o'zlashtirish maqsadi qo'yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o'quvchining faolligini cheklab qo'yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo'qoladi.
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo'li umumiy O'rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o'rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng awalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o'rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o'rta ta’lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo'lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o'z o'miga ega ekanligini alohida ta’kidlab o'tish lozim. Ayniqsa, so'nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolami tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ulami shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalami aniqlashtirish bo'yicha qizg'in munozaralar davom etmoqda.
Kompetent yondashuv o'quvchidan alohida-alohida bilim va ko'nikmalami o'zlashtirishni emas, balki ulami yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog'liqlikda o'z navbatida o'qitish metodlarini tanlash tizimi ham o'zgarishga uchraydi. O'qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo'llash o'z navbatida ta’lim jarayonida qo'yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va fixnksiyalami takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o'rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko'rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko'nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko'nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya
Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi. Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko'nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’iim maktabi o'quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqelikning aniq belgilangaxi obyektlariga munosabatini taqozo etuvchi o'quvchining semantik (ma’no-mazmun) yo'nalganligi, bilim, ko'nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo'yiladigan talabdir.
O'quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o'zlashtirish uchun aniq mo'ljal (orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o'quvchida «yuksak» kompetensiyalaming ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalami umumta’limiy nuqtai nazardan o'zlashtiradi.
Umum ta’limiy kompetensiyalar maktabda o'qitiladigan fanlami o'zlashtirishga yo'naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to'liq ro'yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta’kidlab o'tish joizki, maktab ta’limi davrida o'quvchi eng asosiy - fuqarolik kompetensiyasini o'zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.


  1. Download 23.77 Kb.
1   2   3   4




Download 23.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifi

Download 23.77 Kb.