• “Innovatsion jarayonlar
  • 13-mavzu: Innovatsion muhit,innovatsion ta’lim




    Download 113 Kb.
    bet1/12
    Sana27.03.2024
    Hajmi113 Kb.
    #179116
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    13-amaliy.
    1 Mavzu Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi hamda, 1-mavzu, 1 SEMINAR, pedagogik metod, 3-ma’ruza. Mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi., , 3-amaliy mashg\'ulot, Тема 8 (2), Motivation letter, 4-машгулот , Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari-fayllar.org, 7-mavzu Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi Reja-fayllar.org, Obyektga mo\'ljallangan dasturlash. Web-sahifalarni dasturlash, 2-m, 7-m

    13-MAVZU:Innovatsion muhit,innovatsion ta’lim.

    1. Innovatsiyalarni yaratish, to’plash, tanlash, qo’llash tizimini yaratilishi.

    2. O’qituvchi innovatsion faoliyati.

    3. Pedagogik innovatsiyani tatbiq etish tuzilmasi (sxemasi).

    4. Innovatsion jarayonlarni boshqarish algoritmi.



    Tayanch tushunchalar: interfaol, interfaollik, interfaol ta’lim, interfaol ta’limga xos belgilar, interfaol ta’lim tamoyillari,interfaol ta’lim texnologiyalari (TT), interfaol metodlar, strategiya, grafik organayzer.


    Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko’p yangilik kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investitsiyalardir. Novatorlikka qiziqish uyg’otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning o’zi yangiliklarga boy bo’lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil sohasi – pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib bormoqda.
    “Innovatsion jarayonlar” tushunchasining to’liq tavsifi XX asrning boshlarida, aniqrog’i 1911 yilda iqtisodiyotchi I.SHumpeter tomonidan iqtisodiy tizimlardagi o’zgarishlarni tahlil qilishning “yangi kombinatsiyasi”ni tahlil qilish jarayonida taqdim etilgan.
    1930 yilllarda I.SHumpeter va G.Menshlar yangi texnologiya yoki mahsulotdagi ilmiy kashfiyotni tavsiflovchi “innovatsiya” tushunchasini fanga kiritishgan. 1970 yillarda zamonaviy postindustrial dunyoning rivojlanish vektorini aniqlab beruvchi “innovatsion jamiyat” tushunchasining paydo bo’lishi yangiliklar kiritish haqidagi fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab bo’ldi.
    Pedagogik innovatsion jarayonlar G’arbiy Yevropada 1950 yillarda, Rossiyada 1980 yillarda hamda O’zbekistonda 2000 yillarda maxsus o’rganish predmetiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch asosiy elementi: pedagogik yangiliklarni yaratish; ularni amaliyotga joriy etish va o’zlashtirish; qo’llash va keng yoyishning birligi va o’zaro aloqadorligi haqidagi fan sifatida e’tirof etiladi.
    Bugungi kunda esa, mazkur yo’nalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda innovatsion loyihalar tizimining yo’lga qo’yilganligi, innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion boshqarish sohalarida qator tadqiqot ishlarining amalga oshirilganligi buning yorqin misolidir.

    Download 113 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 113 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu: Innovatsion muhit,innovatsion ta’lim

    Download 113 Kb.