1 O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari




Download 203,5 Kb.
bet7/12
Sana22.01.2024
Hajmi203,5 Kb.
#143002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-2 SINF O’QUVCHILARINING O’QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH 1
Test nomeraciya, 10-sinf kimyo, 9-sinf-biologiya-imtihon-javoblari-2023, 5 04 2021 Капитал бозори китоб охирги, KUNDALIK DAFTARI - копия, ABDURASULOVA IRODA RESPUBLIKA, 14-MAVZU, 2-MAVZU Dvigatellarni qismlarga ajratish va yig‘ish, Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati, RO\'ZIBOYEV MAXSUDBEK KURS ISHI, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARIN KATTALAR MEHNATI BILAN TANISHTIRISH, Dinamik ekonometrik modellardan foydalanish, Tangirov Umar Jo’raqul o’g’li, TEXNOLOGIYA DARSLARIDA KO\'YLAK ANDOZA CHIZMASINI
Tez o`qish. Tez o`qish normal tezlikda bo`lib, o`qish sur`ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O`qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o`suvi kerak. O`qilayotgan asar mazmunini o`zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta`minlaydigan o`qish tez o`qish deyiladi.
O`qish sifatlarini yaxshi o`zlashtirgan holda o`quvchilarning o`qish sur`ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og`zaki nutq tempiga to`g`ri keladigan o`qish sur`ati normal tezlik hisoblanadi. CHunki o`ta tez ham , o`ta sekin o`qish ham matn mazmunini o`zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O`qish tezligi bir daqiqada o`qiladigan so`zlar soni bilan belgilanadi. 2005 yilda e`lon qilingan o`qish dasturida 1- sinfning 2- yarim yilligida o`qish sur`ati 20-25 so`z (notanish matnni o`qish tezligi ham 20-25 so`z); o`quv yili oxirida 25-30 so`z; 2- sinfning 1- yarim yilligida matnni o`qish tezligi 30-35 so`; 2-yarim yilligida 40-50 so`z; 3- sinfning 1- yarim yilligida 60-70 so`z; 2- yarim yilligida 70-80 so`z; 4- sinfning 1- yarim yilligida ichda ovozsiz 110-130 so`z, ovozli o`qishda 90-100 so`z.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so`zli matnni o`qisa, undagi 200 ta so`zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo`g`inlab o`qisa, uning diqqat markazida so`z emas, bo`g`in bo`ladi. natijada u so`zlarni eslab qola olmaydi. (J.G`.Yo`ldoshev.1992 yil «O`qituvchilar uyidagi ijodkor o`qituvchilarning 1- anjumanidagi nutqidan).
Bu 4- sinf o`quvchilarining o`qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so`zdan 100 so`zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko`rsatkichlarga erishish imkonini beradi.4-sinfda xatto bir daqiqada 170-180 ta so`z o`qiydigan o`quvchilar ham bor.O`qish tezligi to`rt yil davomida to`g`ri va ongli o`qish bilan bog`liq holda asta ortib boradi. O`qish tezligini tekshirganda o`qituvchi o`qiladigan materialning xarakterini, ya`ni g`oyaviy mavzuviy murakkabligini, so`z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o`qishning to`g`ri va ongli bo`lishini hisobga oladi. O`quvchilarning o`qish tezligi har xil bo`ladi, albatta. O`qituvchining vazifasi barcha o`quvchilarning o`qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. Bunga asosan matnni ovoz chiqarib o`qishni mashq qilish bilan erishiladi.

Download 203,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 203,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari

Download 203,5 Kb.