O’qish darslarida qo’llaniladigan metod va usullari




Download 203,5 Kb.
bet9/12
Sana22.01.2024
Hajmi203,5 Kb.
#143002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-2 SINF O’QUVCHILARINING O’QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH 1
Test nomeraciya, 10-sinf kimyo, 9-sinf-biologiya-imtihon-javoblari-2023, 5 04 2021 Капитал бозори китоб охирги, KUNDALIK DAFTARI - копия, ABDURASULOVA IRODA RESPUBLIKA, 14-MAVZU, 2-MAVZU Dvigatellarni qismlarga ajratish va yig‘ish, Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati, RO\'ZIBOYEV MAXSUDBEK KURS ISHI, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARIN KATTALAR MEHNATI BILAN TANISHTIRISH, Dinamik ekonometrik modellardan foydalanish, Tangirov Umar Jo’raqul o’g’li, TEXNOLOGIYA DARSLARIDA KO\'YLAK ANDOZA CHIZMASINI
2.1. O’qish darslarida qo’llaniladigan metod va usullari
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa fanlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standard (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlanga yo'l ochiladi. O'qish darslarida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda “O'qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o'qishga o'rgatish yo'l-yo'riqlarini o'qish metodikasi ishlab chiqadi. O'qish metodikasi kichik yoshdagi o'quvchilarning umum rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O'qish darslarining samaradorli gi ko'p jihatdan ta'lim metodlarining to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metodi asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, ma'nosini tushuntirishga, o'qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o'qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e'tibor berilmagan. Ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug'iladi: izohli o'qish nima?
Izohli o'qishga XIX asrning 60- 70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o'qishda o'quvchilarni “ongli, tushunib, o'ylab o'qishga” o'rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni “Izohli o'qish” deb nomlaydi.
Izohli o'qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxlerev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o'qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yurilib, o'quvchilarning oldin bilimlarni o'zlashtirishiga, so'ng yod olishlariga e'libor berilishi ta'lim jarayonida izohli o'qish deb nomlanganini ta'kidlaydi. Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani anglashni ta'minlaydi.
Izohli o'qish quyidagi tamoyillarga to'liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo'ladi:
o'qishni hayol bilan bog'liq holda tashkil etish;
o'qishning ongli va ta'sirchan bo'lishi uchun o'quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish;o'qishni ko'rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalaruyushtirish, hayvonot olami va o'simliklar dunyosini kuzatish; rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o'quvchining ifodali o'qishi tarzida olib borish.Boshlang'ich sinf o'qish darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o'ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o'ziga xos usulda o'qib o'rganish taqozo qilinadi.Badiiy asarni izohli o'qishga yaqin bo`lgan metodlardan biri ijodiy o'qishdir. Atoqli melodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o'qish metodi tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
a) o'qilgan asardan о'quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo'lgan va ularning diqqatini matnning muhim g'oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo'naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o'qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo'yilishi;

b) o'qituvchining asar o'qilganidan keyin о'quvchilarning asarni tadqiq qilish jarayonida tug'ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko'zda tutuvchi metodlari.

Ko'rinadiki, ijodiy o'qish izohli o'qishdan farqli o'laroq, to'g'ridan-to'g'ri matn mohiyalini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4 -sinfda A.Oripovning “Dehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi” asarini ijodiy o'qish metodi asosida o'rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g'oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog'liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda “O'tinchi yigit”, 3-sinfda O'tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, 4-sinfda S. Anorboyevning “Qo'rqoq” asarlarini ham ijodiy o'qish metodi asosida o'qitish ijobiy samaralar beradi. Ovozli o`qishning ham, ovozsiz ichda o`qishning ham, shivirlab o`qishning ham o`z qo`llanish o`rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2- sinf o`quvchilari ichida o`qiganda kam so`z o`qiydi, so`zning ma`nolarini tushunmay qoladi, o`qiganlarining mazmunini to`liq o`zlashtira olmaydilar. Psixologik izlanishlar o`qishni endi o`rganayotgan o`quvchilar o`qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham sezganliklarini ko`rsatganlar. Ikkinchidan, ikkinchi sinf o`quvchilarida o`qish ko`nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o`qish jarayonida ayrim so`zlarni noto`g`ri o`qish natijasida uning ma`nosini tushunmaganlar. SHularni nazarda tutgan holda 1- 2- sinflar ovozli va shivirlab o`qishdan foydalaniladi. 3-4- sinflarda ovozli o`qish bilan birga ichda o`qishdan ham foydalaniladi. 3-4- sinflar ichda o`qish ancha samarali bo`ladi. Lekin bu sinflarda ichda o`qish mexanik o`qishga aylanmasligi kerak. Ichda o`qish biror maqsadga yo`naltirilishi kerak, ya`ni turli topshiriqlar asosida ichda o`qitilishi lozim. Masalan, «She`rni ichingizda o`qib, ifodali o`qishga tayyorlaning.», »Hikoyani ichingizda o`qing, ma`nosi tushunarsiz so`zlarni lug`at daftaringizga yozing.», «Lug`atdan foydalanib, ularning ma`nosini izohlashga harakat qiling».
-Hikoyani ichingizda o`qib, uni qismlarga bo`ling.
-Ichingizda o`qib, ovoz chiqarib to`g`ri o`qishga tayyorlaning.
-Ichingizda o`qing. Tabiatning ko`rinishi tasvirlangan o`rinni toping.
Bu topshiriqlar sinfdan sinfga o`tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o`quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. Ichda o`qish quyidagi afzalliklarga ega:


  1. Bir vaqtning o`zida butun sinf o`quvchilari o`qiydi.

  2. O`quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari takomillashadi.

  3. O`qituvchi har bir o`quvchining mustaqil ishlash jarayonida o`zlashtirish darajasini aniqlaydi.

  4. Ichda o`qishda ongli o`qishga talab, e`tibor kuchayadi.

Ichda o`qishda o`qituvchi o`quvchilar o`qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishdagi kamchilikdir.


Ovozli o`qishning afzalliklari quyidagilar:

  1. O`qituvchi o`quvchilarning xato va kamchiliklarini, o`qish ko`nikmalarini aniqlay oladi.

  2. Kichik yoshdagi o`quvchilar ovoz chiqarib o`qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar.

  3. Ovozli o`qishdan kitobxon estetik zavq oladi.

  4. Ovozli o`qishda ifodalilikka katta e`tibor beriladi.

  5. Ovozli o`qish o`quvchilar lug`atini boyitish va nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega.

Maktabda o`qishning bu uch turi navbatma-navbat almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va pichirlab o`qishdan ichga o`qishga o`tilsa, 3-4- sinflarda ichdan o`qishdan ovozli o`qishga o`tiladi. 3-4- sinflarda o`qishning turlaridan foydalanishda chegara qo`yilmaydi.
Boshlang`ich sinflarda o`qishning hamma turiga bir xil talab qo`yiladi, ya`ni o`qish to`g`ri bo`lishi, tez, ongli va ifodali bo`lishi zarur. Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o`qituvchi badiiy asarning san`at asari sifatida o`ziga xos xususiyatlari va o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi.Badiiy asarda barcha qismlar (g`oyaviy asos, kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o`zaro bog`liq bo`ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o`qish va idrok etishni talab etadi. O`quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o`rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o`stirish orqali ta`lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg`otadi. Asar tahlili o`qituvchidan o`quvchilar faoliyatini ma`lum maqsadga yo`naltirishni taqozo qiladi
«Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o`quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O`quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g`oya, muammolarni to`liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo`lmaydi»7.
O`quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma`noni chuqur o`rganishga yordam beradi. O`qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo`linadi:

Download 203,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 203,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qish darslarida qo’llaniladigan metod va usullari

Download 203,5 Kb.