1 O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari




Download 203,5 Kb.
bet11/12
Sana22.01.2024
Hajmi203,5 Kb.
#143002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-2 SINF O’QUVCHILARINING O’QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH 1

O`qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma`lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so`zlab berilayotganda ularning portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o`quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. O`qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma`lumotlarni o`quvchilar saviyasiga mos qilib, hayajonli qilib hikoyalasa, o`quvchilarning badiiy asarni o`qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o`qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma`lumot 1- sinfdan 4- sinfga borgunga qadar ko`paytirilib, chuqurlashtrilib boriladi. Asarni o`qishga tayyorgarlik bevosita o`quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, ”Kitobga ixlos” (4- sinf) asarini o`qishga tayyorgarlikda o`quvchilarning o`tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o`quvchilar xayolan sayohatga olib chiqiladi.O`qituvchi o`quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. O`quvchilarni mustaqil izlanishga o`rgatishning Yana bir usuli o`quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etilib, ulardan ma`lumotlar to`platiladi, al’bomlar tayyorlatiladi, so`ng o`quvchilar o`zlari aniqlagan ma`lumotlarni o`qib oyi so`zlab beradilar. Sinfdan sinfga ko`chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o`quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo`yilgan talablar ham ko`payadi. O`qituvchi qisqa ma`lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to`liqroq tanishtirishga o`tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o`qiganligini hisobga oladi.


Xulosa:
Boshlang`ich ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, pedagogik texnologiyaning mohiyatini bilish va anglash zarur. Hozirda “Shaxs” tushunchasi milliy ta’limning shakl va tamoyilida muhim ahamiyatga ega bo’lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talb etadi.
Shaxsni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’sulyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, yani ta’lim oluvchilarga talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonining eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarining loyhasini tadbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu borada tajriba to’plagan tatqiqotchilar pedagogik texnologiya darsning muvaffaqiyatlarini kafolatlovchi omil ekanligini ta’kidlab, ommaning diqqat e’tiboriga havola etayotir. Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so’zlari ibratlidir: «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur.


Download 203,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 203,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari

Download 203,5 Kb.