• Kurs ishining maqsadi
  • Kurs ishining amaliy ahamiyati
  • I BOB BOSHLANG`ICH SINF O`QISH DARSLARIDA O`QISH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY SOSLARI…6-23 1.1. O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari
  • 1 O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari




    Download 203,5 Kb.
    bet2/12
    Sana22.01.2024
    Hajmi203,5 Kb.
    #143002
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-2 SINF O’QUVCHILARINING O’QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH 1

    Kurs ishning obyekti: Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoritish jarayoni.
    Kurs ishning predmeti: Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslubiy asoslari yaratilishi.
    Kurs ishining maqsadi: Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan mavzusini o‘rganishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
    Kurs ishining vazifalari:
    1. O`qish darslarida qo`llaniladigan metod va usullar;
    2. O`qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo`llari;
    3. O`quvchilarni ongli o`qishga o`rgatish usullari yaratish;
    4. O`qish darslarida to`g`ri o`qishga o`rgatish yo`llari.
    Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
    Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan
    adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


    I BOB BOSHLANG`ICH SINF O`QISH DARSLARIDA O`QISH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY SOSLARI…6-23
    1.1. O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari
    Boshlang`ich sinflarning o`qish darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta`lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki, uning zaminida savodxonlik va ahloqiy-ta`limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta`limini o`qish ta`limisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. o`quvchi matnni to`g`ri, tez, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi.
    O`qish darslari orqali o`quvchilarning Davlat ta`lim standartlari (DTS) talablari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv-biluv ko`nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish ta`limida insonning, avvalo, o`zligini, qolaversa olamni anglashga bo`lgan intilishlariga turtki beriladi.
    Shu maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma`naviy qadriyatlar, xalqlar do`stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar berishga mo`ljallangan badiiy, ahloqiy-ta`limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
    O`qish darslari savod o`rgatish davrida o`quvchilarni bo`g`in, so`z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o`qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o`qish texnikasi egallangandan so`ng o`qish muayyan mavzular bo`yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang`ich ta`lim bo`yicha DTS va «Ona tili» o`quv dasturida o`qish ta`limi oldiga qo`yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o`qishni to`g`ri tashkil qilish, o`qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg`or pedagogik texnologiyalardan o`rinli foydalanishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ma`lumki, sinfda o`qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O`quvchilarni matn bilan tanishtirish o`qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.
    Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma`lumot berish, o`quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko`p ma`noli so`zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o`z ichiga oladi.
    Agar asar yil fasllari haqida bo`lsa, tabiat qo`yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o`qish muvaffaqiyatini ta`minlashga xizmat qiladi.
    Matn bilan dastlabki tanishuvdan so`ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o`quvchilarning faolligini oshiradi:

    1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o`ylaysiz?

    2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini ma`qullaysiz? Qaysi birining fe`l-atvori, o`zini tutishi sizga yoqmadi?


    3. Download 203,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 203,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 O’quvchilarni ongli o’qishga o’rgatish usullari

    Download 203,5 Kb.