• Ikkinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • 2.2. O`qish darslarida to’g’ri o’qishga o’rgatish bo’yicha didaktik namunalar
  • Film namoyish qilish.
  • Birinchi bosqich (birinchi sintez)




    Download 203,5 Kb.
    bet10/12
    Sana22.01.2024
    Hajmi203,5 Kb.
    #143002
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1-2 SINF O’QUVCHILARINING O’QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH 1

    Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirish
    Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirish dan iborat

    Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog`lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kul’minatsion nuqta, echim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
    Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g`oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san`at asari sifatida baholash (qanday ma`lumotlarga ega bo`ldik, asar nimaga o`rgatadi, muallif o`z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq, ravshan va ta`sirli tarzda etkazadi va hokazo)dan iboratdir.

    2.2. O`qish darslarida to’g’ri o’qishga o’rgatish bo’yicha didaktik namunalar
    Asarni o`qishga kirishishdan oldin o`quvchilarni badiiy asarni o`qishga tayyorlash lozim bo`ladi. Chunki o`quvchilar asar mazmunini to`g`ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma`lum tasavvurga ega bo`lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o`tkaziladi. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar: Didaktik o‘yinlardan foydalanishda kafolatli natijani ko‘zlab, zamonaviy hamda samarali yo‘llarni tanlab, biri har bir narsa va hodisaga majmua sifatida yondoshish zarur. Aks holda faoliyat an'anaviylikni ifoda etib qoladi. Shu nuqtai nazardan har qanday didaktik o‘yin tamoyillari markaziy o‘rinda turishi kerak. Shundagina faoliyat zamonga mos bo‘lib, jamiyat ijtimoiy buyurtmasini sharaf bilan bajarish mumkin. O‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta'lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Dars jarayonida yangicha muhitni shakllantirish, zamonaviy ko‘rgazmalardan, interfaol metodlardan foydalanib mazmunli olib borish zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari boshqarishga moyil, qiziquvchan, ta’sirchan bo‘lganliklari uchun ham o‘qituvchidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan, darsni oson o‘zlashtirishlarini, bilimlarni mustahkam o‘rganishni kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishi talab etiladi. Didaktik o‘yinlardan foydalanishda ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma`naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining didaktik o‘yinlar asosida tashkil etilgan o‘qish darslari jarayonida erkin va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o‘quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali lar insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o‘rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadi

    1. O`quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta`sir etadigan yangi ma`lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o`quvchilarning o`z hayotida kuzatganlari bilan bog`lay olishlariga sharoit yaratish.

    2. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg`otish.

    1. O`quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash.

    2. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so`zlarning lug`aviy ma`nolarini tushuntirishdan iborat.

    Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo`lib, o`qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davrida nimalar haqida ma`lumot berish maqsad qilingan bo`lsa, avvalo o`quvchilarning o`zlaridan ular haqida bilganlari so`rab aniqlanadi. Masalan, ”Kitobga ixlos” asarini o`qishga tayyorgarlikda o`quvchilarning dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi:


    O`qituvchi: Bugun biz Vatanimizning o`tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro shahriga bo`ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo`linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlarni echishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o`ziga berilgan savol-topshiriqlarni bajarib, shohsupaga ko`tarilishi zarur.
    1- guruh uchun savol-topshiriqlar:
    1.Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sarkardalardan kimlarni bilasiz?

      1. Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?

      2. Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting.

    2- guruh uchun ham shu tarzdagi savol- topshiriqlar beriladi yoki har ikala guruh uchun shu savol-topshiriqlar berilib, ”Kim oldin shahsupaga etib boradi?” sharti qo`yiladi. Doskaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo`yiladi.


    Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag`ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarxiy asarlar o`rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 1-sinfda “Issiqxonada”, 2-sinfda “Metropoliten” kabi mavzularni o`rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq.Ekskursiya o`quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o`zlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko`nikmalarini shakllantiradi.
    Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg`otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalaydi.
    Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey kabilarga ekskursiyalar esa tarixiy voqealarning to`g`ri idrok etishlarini ta`minlaydi; kattalarning mashaqqatli mehnati bilan tanishtiradi; o`quvchida mehnatga muhabbat uyg`otadi; kasbga yo`naltiradi.

    Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o`rganishdan oldin fil’m namoyish qilinsa, o`quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi.Masalan, 1- sinfda
    2- sinfda ”Gulzorda” hikoyasini o`qishda ”Mehrobdan chayon” fil’midan parcha ko`rsatilishi,
    3-4- sinfda Ibn Sino haqidagi asarlarni o`rganishda ”Ulug`bek xazinasi”,Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda Alisher Navoiy fil’mi namoyish etilishi mumkin. Kinofil’m va diafil’mlardan o`quvchilarni asarni o`qishga tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o`quvchilarning tasavvur qilishlariga, tushunchalarini oydinlashtirishga, ongli o`qish va emotsional idrok etishlariga yordam beradi. Fil’m namoyishida tug`ilgan ayrim savollariga yangi o`qiydigan asarlaridan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o`quvchilarning o`qishga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. Boshlang`ich sinfda shoir, yozuvchilarning o`z tilidan o`qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar aytgan fikrlarni magnit tasmasidan eshitttirilsa yoki video tasmadan ko`rsatilib, unga o`qituvchi hikoyasi qo`shilsa darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4- sinfda O`zbekiston Respublikasi Davlat Mathiyasi aytilgach, A.Oripovning o`zi aytgan ”O`zbekiston” she`ri qo`yib eshittirilishi mumkin.

    Download 203,5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 203,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchi bosqich (birinchi sintez)

    Download 203,5 Kb.