Metofara haqida tilshunos olimlaning fikri va qarashalri




Download 41.71 Kb.
bet5/9
Sana29.02.2024
Hajmi41.71 Kb.
#164493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. O’zbek tilshunosligida metafora hodisasining ishlatilish aham
Курилишни ташкил этиш ва режалаштириш фанидан мисол, 3, Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori mavzusi bo’yicha amaliyot dars-fayllar.org, wepik-dasturlashning-asosi-scratchquot-programming-fundamentals-scratch-20240114201917PSqV, badiiy-matnning-lingvistik-mohiyati article, 1--PUSTOY- -, Mantiq
Metofara haqida tilshunos olimlaning fikri va qarashalri:
Hosila ma'no bir necha yo'l bilan vujudga keIadi: metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi, Hosila ma'nolar to'g'ri, bosh ma'no asosida 'paydo bo'ladi.
Metafora (gr. metaphora - ko'chirish) - nutq mexanizmi, biror leksema denotatining tashqi, zohiriy o'xshashligi asosida boshqa ma'noni ifodalash uchun ishatilishi. Metaforik ma'no hosil bo'lishi uchun quyidagidan biri sabab bo'ladi:
1) bir so'z boshqa so'zga nisbatan so'zlovchining ifoda maqsadiga ko'proq mos va muvofiq bo'ladi va shuning uchun birinchisi o'rnida ikkinchisi qo'lIaniladi;
2) biror denotatning ifodalovchisi bo'lrnaydi va ma'lum bir so'z boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo'lIanadi2.

Demak, birinchi holda ko'chirilayotgan so'z denotatning ikkinchi atamasi bo'lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir.
Masalan, (quyi) so'zi anglatadigan ma'noni (etak) so'zi qulayroq va to'laroq ifodalaganligi bois tog'ning quyi tomoniga nisbatan (etak) so'zi ishlatilgan. O'zbek tilida dengizdagi o'ziga xos jo'g'rofiy o'rinning nomi bo'lmaganligi bois (qo'ltiq) so'zi unga nisbatan ham qo'llanadi. Metafora hodisasi asosan, ot turkurni doirasida, qisman fe'lda uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida (uchmoq) fe'li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o'xshaydi.Shu boisdan (uchmoq) fe'li ifodalagan keyingi ma'no rnetaforik ma'no. Metafora hosila ma'no hosil qilishning keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutqning eng rnuhim vositasidan hisoblanadi.Metaforik hosila ma'no nutqda juda ko'p uchraydi. Ammo ularning lisoniylashgani –sememaga aylangani nisbatan kam qo’llaniladi.
[Qanot] (samolyot), [uchmoq], [og'iz] (qop) kabi leksemalarni ushbu hosila ma'nosi metaforik sememadir. Chunki bular o’z ma’nosifdan tashqari shakily o’xshashikda ikki xil leksemani 1- qushning qanoti va samolyot qanoti o’rtasida yuzaga kelgan leksemalardir.Metaforik yo'l bilan hosil bo'lgan sernema davrlar o'tishi bilan o'ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo'lishi mumkin. Masalan, adabiyotshunoslik termini sifatidagi (fojia) umumiste'mol qo'llanishdagi (fojia) so'zidan rna'noviy jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik munosabatga ega bo'lgan.
Shuningdek, jo'g'rofiy termin bo'lgan [qo'ltiq] umumiste'moldagi [qo'ltiq] leksemasining omonimiga aylangan.
Quyidagi fikrlarga qo’shimcha tarzda, metafora tushunchasi (grekcha, ko’chirish) degan ma’noni ifodalaydi, ya’ni bir leksemaning tashqi va zohiriy tomonidan o’xshashligi asosida ma’ni ko’chishidir. Bunda ma’lum so’zning denotat va konatat ma’nolari ishlatish orqali yuzaga keladi.
Ma’noning ko'chishi - bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bo'lishi.Bunday ko'chish shu nom bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) o'rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi.3
Masalan, “nafas” leksemasining bosh (to'g'ri) ma’nosi «o'pkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo»dir, ammo nafasingizni iliq qiling deganda nafas leksemasi «havo»ni emas. «gap»ni va «niyat»ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas, gap, fikr- niyat o'rtasidagi ana shu aloqa va bog'lanish nafas leksemasining mazmun mundarijasidagi ma’no ko'chishlariga sabab bo'lgan.
Tilda ma’no ko'chishining quyidagi turlari uchraydi:
1) Metafora yo’li bilan ma’no ko'chirilishi:
a) ifodalanayotgan predmetlar (hodisalar) o'rtasidagi shakliy o'xshashlik
asosida: burun («odamning burni» —bosh leksik ma’no) —burun («choynakning burni» - hosila ma'no);
b) ikkita belgi-xususiyat o'rtasidagi nisbiy o'xshashlik asosida: tez («oz vaqt ichida, darrov» —bosh leksik ma'no: majlis tez tugadi) —tez («darrov achchig'lanadigan, jizzaki» — hosila ma’no: tez odam): cho‘qqi («tik narsalarning eng yuqori nuqtasi» - bosh leksik ma'no: tog* cho'qqisi) — cho'qqi («erishilgan yoki erishilishi mumkin bo'lgan eng yuqori pog'ona, daraja, ko'rsatkich» - hosila ma’no: ilm-fan cho'qqisi; baxt cho'qqisi):
d) narsa-predmetlarning u yoki bu qismlarini o'rin nuqtayi nazaridano'xshatish asosida: bosh («tananing bo'yindan yuqoridagi qismi» — boshleksik ma'no: odamning boshi) — bosh («tik narsalarning tepa qismi» —leksik ma'no: odamning boshi) — bosh («tik narsalarning tepa qismi» —hosila ma'no: shamol bo'lmasci, daraxtning boshi qimirlamaydi):
e) bajarilgan yoki bajariladigan ish-harakatlar o'rtasidagi nisbiy o'xshashlik asosida: urmoq («qo'l yoki biror predmet vositasida zarba bermoq» — bosh leksik ma’no: Bektemir miltiq qo'ndog'i bilan uning peshanasiga bir urdi) — urmoq («tanqid qilmoq» - hosila ma’no; Otabuvamni kovlab, gazetaga urib chiqishdi)4

2) Vazifadagi o’xshashlik asosida ma’noning ko'chirilishi (funksional ko'chirish): tomir (anat. «qon tomirlari» - bosh leksik ma’no) — tomir (biol. «o'simlik tanasida suyuqlik va undagi erigan moddalar oqadigan to'qima naychalar» — hosila ma’no).
Tomir leksemasining semantic tarkibidagi bu ikki ma’no shu leksema bilan atalayotgan «qon tomirlari» va «o'simlik tanasidagi to'qima naychalar» bajarayotgan vazifadagi o'xshashlikka asoslangan: har ikki holatda ham ular (tomir va naychalar) tirik organizm uchun kerakli moddalaming butun tana va to'qimalar bo'ylab tarqalishi uchun xizmat qiladi.
IZOH : Ba’zan ma’noning ko'chirilishida metafora va funksiyadoshlik (vazifadoshlik) omillari birga qatnashadi: tish («odamning tishi») —tish («arraning tishi») kabi. Bunda odam tishlari va arra tishlari o'rtasidagi shakliy-vazifaviy o'xshashliklar ma’no ko'chirilishiga olib kelgan; qanot («qushning qanoti») leksemasining ko'chma ma’noga ega bo'lishi (samolyotning qanotini ifodalashi) ham shakliy-vazifaviy o'xshashlikka asoslangan.
Mana shu yuqoridagi ikki tilshunoslaning fikriga qaraydigan bo’lsak, ular metaforaning yuzaga kelish turlarini alohida ta’kidlab tushuntirib o’tilgan. Ya’ni ikkalasi ham uning 2 turini
a) bir so'z boshqa so'zga nisbatan so'zlovchining ifoda maqsadiga ko'proq mos va
muvofiq bo'ladi va shuning uchun birinchisi o'rnida ikkinchisi qo'lIaniladi;
b) biror denotatning ifodalovchisi bo'lmaydi va ma'lum bir so'z boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo'lIanadi. ( R. Sayfullayeva)
1.a) ifodalanayotgan predmetlar (hodisalar) o'rtasidagi shakliy o'xshashlik
asosida: burun («odamning burni» —bosh leksik ma’no) —burun («choynakning burni» - hosila ma'no)5;

b) ikkita belgi-xususiyat o'rtasidagi nisbiy o'xshashlik asosida: tez («oz vaqt ichida, darrov» —bosh leksik ma'no: majlis tez tugadi) —tez («darrov achchig'lanadigan, jizzaki» — hosila ma’no: tez odam): (H.Jamolxonov)
Ularning ikkalasining ham fikrlari ma’no jiodatdan olib qaralganda , yaxshi tushunirilib berilgan. Masalan, R.Sayfullayeva, (Qanot), (samolyot), [uchmoq], [og'iz] (qop) leksemalarining shakily jihatidan o’xshashlik asosida ma’no ko’chishinim ta’kidlagan bo’lsa, ya’ni qushning qanoti va samolyotning qanoti lekjsemalarida shakjl jihatdan o’xshash bo’lsa, Insonning og’zi va qopning og’zi leksemalarida ham xuddi shu ma’no aytib o’tilgan.
1)Xuddi shu ma’no orqali H.Jamolxonov ham burun («odamning burni» —bosh leksik ma’no)burun («choynakning burni» - hosila ma'no); leksemali ifodasida shakl jihatidan o’xshashligini aytib o’tgan. Bunda shunday xulosa yuzaga keladiki, biri so’zning ifoda maqsadiga ko’proq mos va muvofiq bo’lishini ta’kidlasa, ikkinchisi esa ifodalanayotgan predmetlarning shakily va nisbiy o’xshashliklari asosida yuzaga kelishini ta’kidlagan. Bunda har ikkala qarashlarni mazmunan ikki tomonidan o’rganilishini taqozo etadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Va keltilgan misollarda ularning yaqqol isbotini ham ko’rishimiz mumkin.



Download 41.71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 41.71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metofara haqida tilshunos olimlaning fikri va qarashalri

Download 41.71 Kb.